Bu qiziq

Bitta bola, bitta muallim, bitta kitob va bitta qalam dunyoni oʼzgartirishga qodir

Pokistonlik qiz Malala Yusufzay haqida eshitganmisiz? U 1997 yil 12 iyulda Pokistonda tugʼilgan.
Toliblar ular yashaydigan Svat vodiysida hukmronlik oʼrnatgach, qizlarning maktabga qatnashini taqiqlab qoʼyadi. Shu bois 2009 yildan Malala ВВС uchun «Gul Makay» (Boʼtakoʼz) taxallusi bilan blog yurita boshlaydi. Unda bolalarning taʼlim olishga boʼlgan huquqlarini himoya qilib, tolib¬larning johilligini fosh etadi.

2012 yilning 9 oktyabrida toliblar uning joniga qasd qiladi. Toliblarning maktab avtobusiga uyushtirgan hujumi natijasida Malala va uning yonida oʼtirgan ikki qiz jarohatlanadi. Ogʼir ahvoldagi yarador qiz Peshovardagi shifoxonaga olib boriladi. 15 oktyabrda esa Malala Buyukbritaniyaning Birmingem shahridagi harbiy gospitalga koʼchiriladi.
2013 yili oktyabr oyida Buyukbritaniyada Malala Yusufzayning ingliz jurnalisti Kristina Lemb bilan hammualliflikda yozilgan «Men Malalaman» nomli avtobiografik kitobi chop etildi.

Malala Yusufzay 2014 yil 10 oktyabrda Nobel mukofotiga sazovor boʼlgan. Shuningdek, Malala yana bir nechta xalqaro mukofotlar bilan ham taqdirlangan. U butun dunyo bolalarining taʼlim olishiga koʼmaklashuvchi «Malala fondi»ning asoschisidir.

Malala tugʼilgan kun – 12 iyul BMT qarori bilan «Malala kuni – bolalarning taʼlim olishi uchun kurash kuni» deb belgilangan.

2013 yilning 12 iyulida BMT Yoshlar assambleyasida soʼzlangan nutqida Malala har bir bola ilm olish huquqiga egaligi haqida gapirdi. Uning nutqi dunyoni oʼzgartirgan nutqlari qatoriga kiritilgan. Malala Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati (2014). U dunyodagi eng yosh Nobel mukofoti laureati. Undan tashqari u Anna Politivskaya mukofoti, Saxarova mukofoti bilan taqdirlangan.

Malala Yusufzay nutqida “…Bizga kitoblarimiz va qalamlarimizni bering, ular bizning eng zoʼr qurolimizdir. Bitta bola, bitta muallim, bitta kitob va bitta qalam dunyoni oʼzgartirishga qodir. Muammoning yagona yechimi maʼrifatdir. Eng avvalo maʼrifatdir.”dedi.

Турахужаева Шейма

Хурсандова Руҳшона

 Ўзбекистон Давлат Жаҳон тиллари университети

Журналистика факултети талабалари

Related Articles

Back to top button