Madaniyat

YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH — QONUNBUZARLIK!

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229¹-moddasi

Hurmatli fuqarolar! Yer mamlakatimizning bebaho boyligi, iqtisodiyotimizning muhim tayanchi va kelajak avlodlar uchun saqlanishi lozim bo‘lgan milliy resursdir. Yer maydonlaridan qonuniy, oqilona va belgilangan maqsadlarda foydalanish har bir fuqaroning burchidir.

Yer uchastkasini tegishli huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer chegaralarini noqonuniy kengaytirish, o‘zganing yoki davlat yerida ruxsatsiz bino-inshoot qurish qonunchilikka zid hisoblanadi.

Qanday harakatlar noqonuniy hisoblanadi?

  • Davlat yoki boshqa shaxsga tegishli yer maydonini ruxsatsiz egallash.
  • O‘ziga ajratilgan yer chegarasidan tashqariga chiqib, qo‘shimcha yer maydonini egallash.
  • Yerga nisbatan qonuniy huquq mavjud bo‘lmagan holda undan foydalanish.
  • O‘zboshimchalik bilan egallangan yerda turar joy, savdo shoxobchasi, devor, garaj yoki boshqa inshootlar qurish.
  • Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini noqonuniy ravishda qurilish uchun egallash.
  • Yer maydonini tegishli ruxsat va huquqiy asos bo‘lmasdan boshqa shaxsga berish yoki undan foydalanishga ruxsat qilish.

JINOYAT KODEKSINING 229¹-MODDASIGA MUVOFIQ JAVOBGARLIK

Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, xuddi shunday harakat uchun avval ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa:

  • 300 baravaridan 400 baravarigacha bazaviy hisoblash miqdorida jarima;
  • 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
  • 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llanishi mumkin.

Sug‘oriladigan yer uchastkasini qurilish qilish orqali o‘zboshimchalik bilan egallash uchun:

  • 400 BHM dan 600 BHM gacha jarima;
  • yoki 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

QONUNDA NAZARDA TUTILGAN YENGILLIK

Jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, jinoyat aniqlangan kundan boshlab 10 kun ichida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasini qaytarishni ta’minlasa va egallab olish oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llanilmaydi.

Yerga oid huquqiy hujjatlarni tekshirmasdan yer egallamang, yer chegaralarini buzib o‘zgartirmang, ruxsatsiz qurilish ishlarini amalga oshirmang. Yerga oid qonunbuzarliklar aniqlanganda belgilangan tartibda javobgarlik muqarrar.

Surxondaryo viloyat

sudining sudyasi                   

O.Hayitov

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button