Bu qiziq

GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHDA HUQUQIY TARG‘IBOTNING AHAMIYATI

Inson salomatligi va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi illatlardan biri giyohvandlikdir. Uning oldini olish va yoshlarni bunday salbiy ta’sirlardan himoya qilishda huquqiy targ‘ibot ishlarining ahamiyati beqiyos.                                     Giyohvandlik insonning jismoniy va ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning ijtimoiy hayotini izdan chiqarishi mumkin. Eng achinarlisi, giyohvandlikka berilgan inson nafaqat o‘z hayotiga, balki yaqinlari va oila a’zolarining hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu nuqtai nazardan, yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, ularga giyohvandlikning oqibatlari haqida aniq va ishonchli ma’lumot berish muhimdir.           Huquqiy targ‘ibot jarayonida yoshlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq qonunbuzilishlar javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirilishi kerak. Qonun talablarini bilish insonni noqonuniy harakatlardan tiyilishga undaydi.        Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan. Shu sababli profilaktik huquqiy targ‘ibot ishlarini ham zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olib borish samarali hisoblanadi.

Rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar va boshqa axborot platformalari orqali giyohvandlikning zarari, huquqiy oqibatlari va undan himoyalanish usullari haqida maqolalar, videolar va infografikalar tarqatish yoshlarning huquqiy ongini oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, har bir ota-ona farzandining tarbiyasi va kelajagiga mas’uliyat bilan yondashishi lozim. Farzandga e’tibor, samimiy muloqot va to‘g‘ri tarbiya ko‘plab salbiy holatlarning oldini olishi mumkin.

Giyohvandlikka qarshi kurashishda eng muhim maqsad — yoshlarni huquqbuzarlikka yetaklovchi muhitdan himoya qilish va ularning sog‘lom hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratishdir.

        

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Uzun tuman sudi tergov sudyasi       

Alikulov A’zamberdi Xolmatovich

Related Articles

Back to top button