Kasbim-faxrim

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI QANDAY OLIB BORILMOQDA?

Mamlakatimiz hududlari bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida kommunal sohaga daxldor xizmatlarning ish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.
Surxondaryo viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

«Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali hisobidagi gaz quvurlarining umumiy uzunligi 4050,030 km bo‘lib, amalda foydalanishda bo‘lgan qismi 2397,392 km tashkil etadi. Shundan 192,937 km yuqori bosimli, 642,630 km o‘rta bosimli va 1561,825 km qismi past bosimli gaz quvurlari hisoblanadi. Foydalanishda bo‘lmagan gaz quvurlar ya’ni, tabiiy gaz ta’minoti tanqis hududlarda joylashgan turli diametrdagi gaz quvurlar uzunligi 1652,638 km.ni tashkil etadi. Shuningdek, filial hisobida foydalanishda jami 2541 dona gaz taqsimlash punktlari bo‘lib, 136 dona GTP yuqori bosimli, 2405 donasi o‘rta bosimlini tashkil qiladi. 

Surxondaryo viloyati buyicha 2021-yilda gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash rejasi 3,3 km rejalashtirilgan bo‘lib, amalda bu ko‘rsatkich 3,35 kmga yoki 100 foizga bajarildi. Denov shahar misolida qaraydigan bo‘lsak Denov shahri «Mustaqillik» ko‘chasidagi 0.75 km yer osti, Denov shahri «Mustaqillik» ko‘chasidagi 1,6 km o‘rta va past bosimli, Denov shahri «Turkiston» ko‘chasidagi 1,0 km o‘rta bosimli gaz quvurlari tasdiqlangan loyiha-peshhisob hujjatlari asosida to‘liq mukammal ta’mirlandi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2021-yilda gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish rejasi 13,2 km belgilangan bo‘lib, amalda 13,4 km gaz quvuri rekonstruksiya qilindi va ko‘rsatkich rejaga nisbatan 100 % ga bajarildi, jumladan tuman va shahar kesimlida olaydiga bo‘lsak, Denov shahri «Sh.Rashidov» ko‘chasidagi 1,5 km, Denov shahri «Registon» ko‘chasidagi 3,6 km, Denov shahri «Turkiston» ko‘chasidagi 2,0 km o‘rta bosimli, Denov shahri «Ostonaqulov» ko‘chasidagi 0,4 km, Denov shahri «Guliston» ko‘chasidagi 0,8 km,  Denov shahri «X.Xadjakov» ko‘chasidagi o‘rta bosimli 1,7 km, Termiz shahri «Yulduz» mahallasi, «Navbahor» va «Ulug‘bek» ko‘chalaridan o‘tuvchi yer osti o‘rta bosimli 1,5 km, Termiz shahri «O‘zbekiston» mahallasi «Marvarid» ko‘chasidan o‘tuvchi yer osti o‘rta bosimli 1,0 km, Termiz tumani «Yangiobod» mahallasi hududidan o‘tuvchi o‘rta bosimli yer osti 0,9 km gaz quvurlari tasdiqlangan loyiha-peshhisob hujjatlari asosida to‘liq rekonstruksiya qilindi.

Bundan tashqari viloyat bo‘yicha 20,2 km.dan ziyod gaz quvurlarning qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan Termiz tumani «Namuna» mahallasida qurilayotgan 94 ta 1 qavatli 3 xonali arzon uy-joylarga 2,0 km, Termiz shahri «Guliston» mahallasidagi 260 ta aholi xonadonlari uchun 5,7 km, Termiz shahri «Manguzar» mahallasida qurilayotgan 13 ta 4 qavatli uy-joylar uchun 0,9 km, Denov shahri aholi xonadonlarining gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida tortilayotgan yuqori va o‘rta bosimli 0,9 km, «Termiz» erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri aholi xonadonlarini gazlashtirish uchun kesimi D-219 mmli bo‘lgan yuqori bosimli 11,0 km gaz quvurlar qurishishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari 2541 dona gaz taqsimlash qurilmalari texnik taftish va ko‘rikdan o‘tkazildi. Jumladan 11 dona gaz taqsimlash qurilmalari mukammal ta’mirlandi, 38,3 km gaz quvurlar korroziyadan saqlash uchun bo‘yoqlab chiqildi, 74,2 km yer osti gaz quvurlari kompressor yordamida havo bosimida zichlikka sinalib, tozalandi va pribor usulda tekshirib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrojini ta’minlash maqsadida, bugungi kunda Termiz shahar aholisini ya’ni, shaharning «Guliston», «Kattabog‘», «Gulira’no», «Surxon Sohili», «Majnuntol», «Yulduz», «Bog‘ishamol», «Manguzar», «Chegara», «Kokildorota», «Namuna», «A.Navoiy», «Tinchlik», «Jo‘yjangal», «Ma’rifat», «Mehrabod» mahallalarida barqaror tabiiy gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida qo‘shimcha magistral gaz quvurlarini tortish ishlarini moliyalashtirish, Angor tumani «Bahor» mahallasi hududida joylashgan «Qoraqir» AGRSdan kesimi 219 mm bo‘lgan jami 38,9 km yuqori bosimli gaz tarmog‘i qurilishini ta’minlash topshirig‘i berilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar mazkur ob’yektda «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filialining «Qurilish va ta’mirlash» boshqarmasi tomonidan 15 km.dan ziyod gaz quvurlarning qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Hozirda ushbu ob’yektda barcha mashina-mexanizm va ishchi kuchlari jalb qilingan holda jadal sur’atlarda ishlar olib borilmoqda. 

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button