Hodisalar

XAVOTIRGA ASOS YO‘Q

Surxondaryo viloyati Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati tomonidan2025-yil 12-may holatiga joriy yil mavsumida zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov o‘tkazish uchun16 dona matorli qo‘l apparat,  2 dona OVX-600 purkagichli traktor,5 dona VP-1 purkagichli traktor,2 donaUMO-1200 yuqori unumli purkagichli ISUZU pikap avtomashinasi hamda 2 dona suv tashuvchi traktorlar jalb qilingan. Mutaxassis agronomlar, haydovchilar va mavsumiy ishchilar, jami 29 taishchi-xodimlar zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy kurashishda ishtirok etishmoqda.

       Bugungi kunga qadar Sho‘rchi tumanida zararli chigirtkalarni aniqlash bo‘yicha  32078 gektar maydonda mutaxassislar tomonidan kuzatuv ishlari olib borildi. Shundan 14264 gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalganligi aniqlanib, tumanining Ezgulik MFY, Ozod MFY, Xushchekka MFY, Laylakxona MFY va Tamshush MFY larining  Paligon, Buravoy, Zurdung, Ko‘ngdalang yo‘l, Qunduzsoy, Delba soy, Polvontosh, Yetti kalla, Kichkina taqir, Jumuq, Toqirli xavori, Laylakxona, Zindon, Loyqa, Beshtom, Qashqa, Suloma, Cho‘chqa soy, Lalmikor, Egizsoy, Takadosh, Egri-begri, Qo‘shqoq xovori massivlaridagi 13273 gektar qir-adir (yaylovlarda) cho’l va tog’ oldi hududlari zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy kurash ishlari olib borildi.

D.Tangirov

Surxondaryo viloyati Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati rahbari

Related Articles

Back to top button