O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi O‘zbekistonda taqiqlangan, biroq internet orqali onlayn sotilayotgan ozdiruvchi mahsulotlarning ro‘yxatini e’lon qildi.
▪️Reborn Ultimate
▪️Lipotrim Ultra
▪️Al-Sheikh
▪️Fatzorb
▪️Fatzorb Ultra
▪️Fatzorb Plus
▪️Spirulina
▪️Arabic
▪️Reduksin Layt
▪️Kod S
▪️Shafran diet
▪️Gold Puma
▪️“Блокатор жира”
▪️Hot pepper
▪️“Ферментаиз”
▪️“Липоксин для похудения”
▪️“Куаймый Extra”
▪️Slim ultra (Samyun Wan)
O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlar Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida tekshirilganda ularning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlandi.
Ta’kidlash joiz, mazkur modda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida»gi 818-son qarori bilan tasdiqlangan Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, lekin tarkibida sibutramin moddasi mavjud bo‘lgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Eslatib o‘tamiz, kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik belgilangan.