Noqonuniy ravishda Tojik kovragining shirasini olishga to’sqinlik qilmagan o’rmonchilar o’simlik dunyosiga 442 million so’m zarar yetkazilganligi aniqlandi
Noqonuniy ravishda Tojik kovragining shirasini olishga to’sqinlik qilmagan o’rmonchilar o’simlik dunyosiga 442 million so’m zarar yetkazilganligi aniqlandi
Viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig’i Ro’zigul Safarova boshchiligidagi tezkor guruh «Bobotog’ «davlat o’rmon xo’jaligi faoliyatini o‘rganish ishlarining birinchi kunidayoq bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan, birinchi kunda “Bobotog” davlat o‘rmon xo‘jaligi “Fayzova” bo‘limining 1-A-aylanma 2-kvartal o‘rmon fondi yer maydonida o‘rganish ishlari olib borilganda, ushbu hudud o‘rmonchisi M. Mamatraimovaning o‘z ishiga sovuqqon yondashishi, ma’suliyasizligi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, tabiiiy holda o‘suvchi 893 (sakkiz yuz to‘qson uch) tup “Tojik” kovrak o‘simligining 2-3-marotaba shirasi olinganligi, bundan tashqari 163 tup tojik kovrak o‘simligining shirasini olish maqsadida dimlab qo‘yilganligi kuzatildi.
Shaxsi noma’lum bo‘lgan shaxslar bu harakati bilan o‘simlik dunyosiga 442 million 35 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Muhim! Ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazilishi bilan bog‘liq holatlarga guvoh bo‘lsangiz, Vazirlikning qisqa 11-57 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati