Kasbim-faxrim

GAZ JIHOZLARINI TEKSHIRILISHI HAQIDA NIMALARNI BILISH KERAK?

Gaz jihozlarini tekshirishdan maqsad nima?

 Gaz uskunalarini rejali tekshirish juda muhim hisoblanadi. Uy ichi gaz jihozlari muntazam ravishda tekshirilib turishi kerak, shundagina ular soz holatda ishlaydi. Gaz jihozlari nuqsonsiz bo‘lsagina iste’molchi va atrofdagilarning hayotiga tahdid solmaydi.

 Gaz jihozlarini kim tekshiradi?

 Tekshiruvni gaz uskunalari bilan ishlashga maxsus ruxsatnomasi bo‘lgan gaz sohasi mutaxassislari olib boradilar. Hozirda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining barcha hududiy filiallarida servis xizmatlari ko‘satuvchi bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Uy ichi gaz jihozlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tartibga solinadi.

 Gaz uskunalarini tekshirish davriyligi qanday?

 Ko‘p qavatli turar joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz jihozlari mavjud bo‘lmaganda — ikki yilda bir marta; turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlari — yilda bir marta, profilaktik xizmat ko‘rsatish — har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval tekshiruvdan o‘tkaziladi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button