Hodisalar

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish jinoyat hisoblanadi

Bugungi kunda mamlakatimizda yer, yer osti boyliklari va suvga oid qonunchilik normalari yildan yilga takomillashtirilgan holda qabul qilinmoqda. Birgina, yerga bo‘lgan huquqni tiklash, uni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani holati bo‘yicha qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida izchil ishlar olib borilib, qonun ustuvorligi ta’minlanmoqda.

Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudining 2026 yil 2 aprel kunidagi hukmiga ko‘ra, Abdullayev Alisher Komil o‘g‘li (ism-familya o‘zgartirilgan), O‘zbekiston Respublikasi JKning 2291-moddasi 2-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, sog‘lig‘ini tiklash uchun shifokorga ko‘rinish, shifoxonagacha borish va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda Sho‘rchi tumani, Saurtepa mahallasida joylashgan yashash uyini tark etishni taqiqlagan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ish hujjatiga ko‘ra, Sho‘rchi tumani Saurtepa mahallasida yashab kelib, ushbu mahallada joylashgan “QUYOSH” fermer xo‘jaligiga qarashli Surxondaryo viloyat hokimining 06.04.2022-yildagi 226-sonli qarori bilan qishloq xo‘jalik xaritasining 5249q-dala konturidan berilgan 50062 kv metr yer maydonining 1000 kv metr qismiga qarashli yer maydonini egasiz ekanligi haqida o‘zida ushbu yer maydoniga nisbatan shaxsiy egalik huquqi mavjudligi to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lib, g‘araz va past niyatlarda ushbu sug‘oriladigan yer maydoniga nisbatan egalik huquqi bo‘lmasa-da, “Google Earth” saytining  2023-yil 8 oy holati 37°56’49.93″S 67°44’12.14″V koordinatsiyalaridan olingan onlayn xarita ma’lumotnomasi hamda tuman kadastrlar palatasining xulosasiga ko‘ra “QUYOSHLI” fermer xo‘jaligining 5249q-dala konturida joylashgan, 81,0 ball bonitetli ekin yer maydonining 0,01 gektar qismini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, 2024-yil may oyidan 2024-dekabr oyigacha ushbu yer maydoniga 17.0×8.4 metr o‘lchamda yashash uyi qurib jami 142.8 kv. metr uy-joy qurib, qurilish qilishi orqali yer fondiga 25.032.712 so‘m zarar yetkazgan.

Sudlanuvchi tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyati Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida 2026-yil 25-avgust kuni mazmunan ko‘rib chiqilib, birinchi bosqich sudi hukmi o‘zgarishsiz, shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilib, odil sudlov tomonidan qonun ustuvorligi ta’minlandi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, yer munosabatlarida qonun ustuvorligi uchun jazo muqarrar. Xolbuki, Konstitutsiyamizning 68-moddasida, Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir, deb ko‘rsatilgan.

Surxondaryo viloyat sudi

1-bo‘lim boshlig‘i                                                        

B.Normurodov

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button