Воскресенье, 20 сентября 2026
Breaking News
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI HUQUQIY MUHIT: O‘RQ-1169-SON KONSTITUTSIYAVIY QONUNNING AHAMIYATI Bugungi kunda raqamli texnologiyalar iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, tadbirkorlik va ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalariga jadal kirib bormoqda. Yangi texnologiyalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan bir qatorda, ular bilan bog‘liq munosabatlarni aniq va zamonaviy huquqiy asosda tartibga solish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 19-avgustdagi O‘RQ-1169-son «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi. Mazkur Konstitutsiyaviy qonunning asosiy maqsadi Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining alohida hudud sifatidagi maqomini hamda uning hududida amal qiladigan maxsus huquqiy rejimni belgilashdan iborat. Qonun 2027-yil 21-yanvardan kuchga kiradi. Maxsus huquqiy rejim joriy etiladi Konstitutsiyaviy qonunning muhim jihatlaridan biri — Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi hududida maxsus huquqiy rejimning belgilanishidir. Ushbu rejim doirasida innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, sinovdan o‘tkazish hamda amaliyotga joriy etish uchun alohida huquqiy sharoitlar yaratiladi. Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar sohasiga investitsiyalarni jalb etish, eksport faoliyatini rag‘batlantirish, korporativ va tijorat munosabatlari, soliq va bojxona, mehnat munosabatlari, bank-moliya faoliyati, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, davlat xizmatlari hamda intellektual mulkni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarda ham maxsus huquqiy tartib belgilanadi. «Tartibga solish qumdoni» — innovatsiyalarni sinovdan o‘tkazish imkoniyati Qonun bilan raqamli texnologiyalar sohasida yangi va innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun «Tartibga solish qumdoni» mexanizmi nazarda tutilgan. «Tartibga solish qumdoni» — innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, sinovdan o‘tkazish hamda joriy etish uchun tashkil etiladigan tajribaviy-huquqiy muhitdir. Bu mexanizm yangi texnologiyalarni ularni keng miqyosda joriy etishdan oldin maxsus sharoitlarda sinab ko‘rish, ularning samaradorligi va xavfsizligini baholash hamda zarur huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga, sinovdan o‘tkazilayotgan innovatsion texnologiya, mahsulot yoki xizmatdan shartnoma asosida foydalanish mumkinligi belgilangan. Qonunda nazarda tutilgan hollarda bunday texnologiyalardan foydalanishning o‘zi javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi, biroq inson hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish bilan bog‘liq javobgarlik bundan mustasno hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar va investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar Yangi huquqiy rejimning yana bir muhim yo‘nalishi raqamli texnologiyalar sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va raqamli xizmatlar eksportini rag‘batlantirish bilan bog‘liq. Bunda Markaz ishtirokchilari, investorlar va raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlar uchun zamonaviy huquqiy muhit yaratish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, Markaz qarorlari uning hududida majburiy bo‘lgan huquqiy normalarni belgilashi, o‘zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin. Bunday qarorlar Konstitutsiyaviy qonun normalari, Angliya va Uels umumiy huquqining elementlari hamda yetakchi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslanishi mumkin. Markaz qarorlari rasmiy manbalarda ingliz tilida e’lon qilinadi. Shaxsga doir ma’lumotlar va intellektual mulk himoyasi Raqamli iqtisodiyot rivojlangani sari ma’lumotlarni himoya qilish va intellektual mulk huquqlarini ta’minlash masalalari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyaviy qonunda Markaz hududida ma’lumotlarni himoya qilish, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni muhofaza qilish, shuningdek intellektual mulkni himoya qilishga oid maxsus huquqiy mexanizmlar nazarda tutilgan. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish, himoya qilish va tijoratlashtirishni rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha mexanizmlarni belgilash imkoniyati ham mavjud. Qonun ustuvorligi va huquqiy tartib Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi yangi huquqiy munosabatlarni ham vujudga keltiradi. Shu sababli raqamli muhitda faoliyat yurituvchi sub’ektlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash, qonuniylikni ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyaviy qonun Markaz hududidagi munosabatlarning huquqiy asoslarini belgilab, raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiya va qonuniylik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. Ayniqsa, yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish jarayonida inson huquqlari, jamoat xavfsizligi, shaxsga doir ma’lumotlarning daxlsizligi va intellektual mulk huquqlariga rioya etilishi muhim huquqiy talab sifatida namoyon bo‘ladi. O‘RQ-1169-son Konstitutsiyaviy qonun O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish uchun yangi huquqiy mexanizmlarni belgilab bermoqda. Mazkur hujjat orqali innovatsion texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish, raqamli mahsulot va xizmatlarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish, eksport faoliyatini rag‘batlantirish, ma’lumotlar va intellektual mulkni himoya qilishga qaratilgan maxsus huquqiy muhit shakllantirilmoqda. Qonunning 2027-yil 21-yanvardan kuchga kirishi bilan ushbu yo‘nalishda belgilangan huquqiy mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etish uchun yangi imkoniyatlar yuzaga keladi. Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti sharoitida qonunchilikdagi yangiliklarni bilish va ularga rioya qilish har bir fuqaro, tadbirkorlik sub’ekti va mas’ul shaxs uchun muhim ahamiyatga ega. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining sudya yordamchisi S.Xushboqov
SUD-HUQUQ SOHASIDAGI SO‘NGGI ISLOHOTLAR: INSON HUQUQLARI VA ODIL SUDLOV KAFOLATLARI YANGI BOSQICHDA
MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH — HUQUQIY MADANIYATDAN BOSHLANADI
GIYOHVANDLIK VOSITALARI BILAN BOG‘LIQ QONUNBUZILISHLARGA YO‘L QO‘YMANG!
OILAVIY ZO‘RAVONLIKKA YO‘L QO‘YMANG!
Ошган жиноятлар хусусида
Жиноят учун жазо муқаррар
Бошқа соҳаларда коррупцияга қарши курашишнинг жиҳатлари
“ODIL SUDLOV — 2030” YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI ISHONCHLI HIMOYA QILUVCHI XALQCHIL VA ADOLATLI SUD TIZIMINI BARPO ETISH STRATEGIYASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun mohiyati
Sidebar
Random Article
Log In
O`zbekiston
Jahon
Bu qiziq
Kasbim-faxrim
Madaniyat
Adabiyot
Aloqa
O`z
Ўз
Search for
Home
/
nornews
nornews
nornews
Bu qiziq
nornews
30.12.2025
1 032
Giyohvandlik -umr zavoli
Kasbim-faxrim
nornews
30.12.2025
1 170
ЯНГИ ЙИЛДА ҲАМ ЯНГИ ЗАФАРЛАР КУТИЛМОҚДА
Bu qiziq
nornews
29.12.2025
653
ЯНГИ ЙИЛ БУ-БАЖАРИЛГАН ИШЛАР ТАҲЛИЛИ: Фуқаролик ишлари бўйича Сариосиё туманлараро судининг 2025 йил сарҳисоби
Bu qiziq
nornews
27.12.2025
670
БОЛАЛАРНИ ЗЎРАВОНЛИКНИНГ БАРЧА ШАКЛЛАРИДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ СТРАТЕГИЯСИДА БОЛАЛАРНИНГ БУЗИЛГАН ҲУҚУҚЛАРИ ҲИМОЯ ҚИЛИНАДИ
Madaniyat
nornews
27.12.2025
1 108
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 24 декабр кунидаги ПФ-256-сонли “2026–2030 йилларга мўлжалланган Болаларни зўравонликнинг барча шаклларидан ҳимоя қилиш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида”Фармони хусусида
Madaniyat
nornews
27.12.2025
1 104
Bolalar huquqlarini himoya qilishdagi yangi yondashuv
nornews
26.12.2025
1 001
Болаларга нисбатан зўравонлик ҳолатларини аниқлаш ва уларни ҳимоя қилиш тартиби
Madaniyat
nornews
26.12.2025
1 005
Bolalar huquqlarini himoya qilishdagi yangi yondashuv
Bu qiziq
nornews
23.12.2025
863
ЁШЛАР БИЛАН МУЛОҚОТ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
Madaniyat
nornews
22.12.2025
1 063
КОРРУПЦИЯ-ЖАМИЯТ КУШАНДАСИ
Previous page
Next page
Back to top button
Close
Log In
Forget?
Remember me
Log In