O`zbekiston

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudining 2025 yil davomida odil sudlovni ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlar sarhisobi

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli sud-huquq islohotlari inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda odil sudlovga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Sud tizimining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan ushbu islohotlar izchil davom ettirilmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovni samarali ta’minlash, shuningdek sud hokimiyati nufuzini oshirish borasida izchil va tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning o‘rni va mas’uliyati yanada ortib bormoqda.

2025-yilda sud-huquq tizimini yanada rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi  tuman sudi faoliyatida qonun ustuvorligi, adolat, xolislik va ochiqlik tamoyillarini izchil ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Sud ishlarini ko‘rishda fuqarolarning sudga murojaat qilish huquqi kengaytirildi, sud muhokamalarining ochiqligi kuchaytirildi, taraflarning tengligi va tortishuvchanlik prinsiplari qat’iy ta’minlandi.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida sud qarorlarining sifati sezilarli darajada oshib, asossiz qarorlar soni qisqardi, aholi va jamoatchilikning sudlarga bo‘lgan ishonchi mustahkamlandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi  tuman sudi tomonidan sud jarayonlarining ochiqligini ta’minlash va sud faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida 2025-yilda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.

Xususan, sud majlislarining ochiq tarzda o‘tkazilishi amaliyoti kengaytirildi, muhim va jamoatchilik e’tiboridagi jinoyat ishlari bo‘yicha OAV vakillari uchun zarur sharoitlar yaratildi, sud qarorlari hamda sud amaliyotiga oid ma’lumotlar rasmiy veb-saytlar orqali muntazam yoritib borildi. Elektron va bosma ommaviy axborot vositalarida sudlar faoliyatiga bag‘ishlangan intervyular, reportajlar, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar, brifinglar va tahliliy maqolalar tashkil etilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Odil sudlovni ta’minlashda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. 2025-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi  tuman sudida sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanish ko‘lami kengaytirildi, sud hujjatlarini elektron shaklda olish imkoniyatlari yaratildi. Bu esa fuqarolar va tadbirkorlar uchun ortiqcha vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartirib, sudlarga murojaat qilish jarayonini yanada qulay va ochiq qildi.

Sud tomonidan 2025-yilda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, noqonuniy qaror va harakatlarni bartaraf etish borasida samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, noqonuniy qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar qonuniy va asosli ko‘rib chiqildi, mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar sud tartibida bartaraf etildi, mulkiy va nomulkiy nizolarni hal etishda adolat va qonuniylik tamoyillari ustuvor bo‘ldi. Bu holatlar sudlarning inson manfaatlariga xizmat qilayotganini yaqqol namoyon etdi.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida sudlar faoliyatida inson omili, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, iqtisodiy sudlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga kelayotgan nizolarni qonun asosida hal etish orqali ishbilarmonlik muhitini yanada sog‘lomlashtirishga erishilmoqda.

Shu asosda, jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman  sudi tomonidan 2025 yil davomida jami 118 marotaba targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Ushbu tadbirlarning 35 tasi o‘quv muassasalarida, 39 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etildi. Ommaviy axborot vositalari orqali 25 marotaba chiqishlar amalga oshirilib, shundan 10 marotaba gazeta va jurnallarda, 8 marotaba televideniyeda, 18 marotaba veb-saytlar orqali materiallar e’lon qilindi.

2025 yilning 12 oyi davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi tomonidan 312 nafar shaxsga nisbatan 248 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlandi. Shundan 236 nafar shaxsga nisbatan 180 ta jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarildi, 76 nafar shaxsga nisbatan 68 ta jinoyat ishi ish yuritishdan tugatildi.

Ayblov hukmi chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha 53 ta jinoyat ishi doirasida 68 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bulmagan jazo tayinlanganlar ishlar 126 ta jinoyat ishga 165 tashaxsga nisbatan tayinlangan. SHo‘ningdek sud zalidan ozod qilingan 16 ta jinoyat ishiga 24 ta shaxsga nisbatan, sud zalidan qamoqqa olinganlar 7 ta jinoyat ishi  8 ta shaxsga nisbatan kurilgan.

Jinoyat ishlarini sudda ko‘rish jarayonida jinoyatlarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan 110 ta xususiy ajrim chiqarildi.

Xulosa qilib aytganda, 2025-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi tomonidan odil sudlovni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud tizimining ochiqligi va shaffofligini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ushbu natijalarni ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish sud-huquq islohotlarining mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

SHo‘rchi tuman sudining raisi                                  

T.Abdiraimov

Related Articles

Back to top button