O‘qituvchining qilmishi fosh bo‘ldi

Abdullayev Abdulla (ism-familiya o‘zgartrilgan) Sherobod tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-sonli, 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmonlari hamda 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 138-sonli qarori ijrosiga zid ravishda hamda Sherobod tuman hokimining qaroriga asosan “Paxta” fermer xo‘jaligiga tumanning “Istiqbol” mahallasi hududidan qishloq xo‘jalik xaritasining 135, 956, 957, 958, 959, 960-dala konturlaridan jami 65,70 gektar shundan 48,30 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydoni, 12 gektar bo‘z yer, 4,20 gektar ariqlar, zovurlar va kanallar, 0,40 gektar yo‘llar, 0,80 gektar boshqa yer maydoni “Paxtachilik va G‘allachilik” yo‘nalishi uchun 30 yilga ijaraga o‘tkazilib, Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan davlat ro‘yxatiga olinib “Paxta” fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan tumanning “Istiqbol” mahallasi qishloq xo‘jalik xaritasining 135q-dala konturidan 0,007 (69,96 m2) gektar 34,0 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, 5,0 x 6,6 = 33,0 m2 hajmda “oshxona” va 8,8 x 4,2 = 36,96 m2 “Molxona” binosini qurgani natijasida sug‘oriladigan yer maydoni foydalanishdan chiqib ketgan.
A.Abdullayev tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan sug‘oriladigan yer maydoniga qurilish ishlari amalga oshirilgani va qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarib yuborilishi natijasida yetkazilgan zarar Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablaridan kelib chiqib sug‘oriladigan yerning bonitetiga jami 4.019.285 so‘mni tashkil etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2026-yil 13-oktabrdagi hukmi bilan sudlanuvchi A.Abdullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 2291-moddasining 2-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi A.Abdullayev tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati asosida jinoyat ishi Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, sud hukmi qonuniy, asosli va adolatli chiqarilganligi tufayli o‘zgarishsiz qoldirilib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Yer, yer osti va suv umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanishimiz zarur.
Surxondaryo viloyat sudining
1-bo‘lim boshlig‘i
B.Normurodov




