Hodisalar

Tezkor shtab: Sariosiyo va Boysun tumanlarida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi

Viloyat navbatchilik shtabiga kelib tushgan murojaatlarga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali tomonidan hududlarda sodir bo‘layotgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 24 soatlik navbatchilik maxsus brigadalari tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, kuni-kecha Sariosiyo tumanining 35/10 kV li «Toqchiyon» podstansiyasidan chiquvchi havo elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik, noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay soha xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tiklandi.

Shuningdek, Boysun tumanidagi qator aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 35/10 kV li «Qo‘rg‘oncha» podstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilib, yuzaga kelgan nosozliklar tezkor bartaraf etildi.

Related Articles

Back to top button