Madaniyat

Yer-davlat mulki, har qarich yerning hisob-kitobi bor!

Yer davlat mulki, uning har qarichidan asrab-avaylab foydaolanish barchaning birdek burchidir. Biroq yer to‘g‘risidagi qonunbuzilish holatlarining oldini olish yuzasidan keng targ‘ibot ishlari olib borilayotgan bo‘lsida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar soni oshib borilmoqda. Sud tomonidan ko‘rilgan mazkur da’vo ariza buni misolidir.

Da’vogar K A ning Viloyat boshqarmasi javobgar Y N X ga nisbatan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida o‘rab olingan devorni buzdirish, yer maydonini qaytarish va javobgarni yer maydonidan majburiy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Javobgar Y N X sud majlisidagi tushuntirishida, da’vo arizani tan olishligini, mazkur yer maydonini kelajakda uy-joy qurish maqsadida beton g‘isht bilan o‘rab olganligini, uy-joy qurib bo‘lganidan so‘ng каdastr organidan qonuniy hujjatlashtirib olmoqchi bo‘lganligini, noqonuniy эканлигини bilmaganligini bildirib, ishni qonuniy ko‘rib chiqishni so‘radi Aniqlanishicha, dav’vogar tuman massivi qishloq xo‘jaligi xaritasining 215q-dala konturida joylashgan 55,6 ball bonitetli sug‘oriladigan yer maydonidan javobgar Y N X o‘zboshimchalik bilan jami 0,10 gektar yer maydoni egallab olib, mazkur yer maydonidan 0,50 metr balandlikda poydevor quyib, beton g‘isht bilan noqonuniy ravishda devor o‘rab olganligi aniqlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining hukmiga ko‘ra, Y N X ga nisbatan O‘zbekiston Respubli K Asi JKning 2291-moddasi 2-qismi bilan 2 (ikki) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Yer kodeksining 41-moddasi 2-bandiga ko‘ra, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchast K Alari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.

Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchast K Alarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi. Shu sababli sud tomonidan da’vogarning javobgar Y N X ga nisbatan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida o‘rab olingan devorni buzdirish, yer maydonini qaytarish va javobgarni yer maydonidan majburiy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi da’vo arizasi qanoatlantirilgan.

Javobgar Y N X tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va mazkur yer maydonida 0,50 metr balandlikda o‘ralgan beton g‘ishtli devorlar javobgar hisobidan buzdirilib, egallab olingan yer maydoni asl holatida qaytarish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan. Xulosa qilib aytganda, yerlarni tolon-toroj qilishga alo yo‘l qo‘yilmaydi.

Bu masala bilan bog‘liq muammolar tenglik va ochiqlik asosida amalga oshiriladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudi raisi

M.E.Nomozov

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button