Kasbim-faxrim

Mavzu: Kanstitutsiya Ma’muriy xuquq manbasi sifatida

Avvalambor bu ijroiya hukumati tomonidan davlatning xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’muriy-siyosiy jarayonlarini boshqarish bo‘yicha funksiya va vazifalari- ni bajarishda kundalik amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan boshqaruv munosabatlaridir.

Ma`muriy huquq – bu davlat organlarining ijro etuvshi va farmoyish beruvchi faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishda paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidir.Bu birinchi navbatda, mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, siyosiy va ma’muriy islohotlarning ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosa­ batlarga bo’lgan ta’siri bilan izohlanadi.Boshqaruv faoliyati turlarining xilma-xilligi Maʼmuriy huquqning keng koʻlamli va koʻp tarmoqliligini taqozo etuvchi asosiy omildir.  … Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquq tizimi umumiy va maxsus qismlardan iborat.Mazkur darslik jamiyatda amal qilayotgan ma’muriy-huquqiy munosabatlar tizimi haqida, ushbu huquq sohasining predmeti, tuzi-lishi, prinsiplari va usullari to‘g‘risida umumiy ilmiy ma’lumot beradi.

Maʼmuriy huquq – huquq sohasi. Davlatni idora etish jarayonida, yaʼni ijro va farmoyish faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar majmuini oʻz ichiga oladi. Boshqaruv faoliyati turlarining xilma-xilligi Maʼmuriy huquqning keng koʻlamli va koʻp tarmoqliligini taqozo etuvchi asosiy omildir. Maʼmuriy huquq meʼyorlari barcha ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatini aniqlaydi hamda davlat boshqaruv organlarini tuzish, ularni qayta tashkil qilish va tugatish tartibini belgilab beradi. Ular fukarolarning davlat boshqaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi, ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati va mansabdor shaxslarning xulq-atvoriga yagona qonunqoidalarni belgilab beradi, maʼmurii huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va uni qoʻllash tartibini koʻrib chiqadi,davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ja-moatchilik munosabatlarini tartibga soladigan huquq tarmog‘i. Avvalambor bu ijroiya hukumati tomonidan davlatning xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’muriy-siyosiy jarayonlarini boshqarish bo‘yicha funksiya va vazifalari- ni bajarishda kundalik amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan boshqaruv munosabatlaridir.
Ma’muriy huquq tizimi – ma’muriy huquq normalari va institutlarini bir-lashtiradi.
Ma’muriy huquq quyidagi munosabatlarni tartibga soladi:
— tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysunadigan davlat organlari

 (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar,qo‘mitalar,hokimliklar);
— bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat idoralari (ikki vazirlik, ikki hokimlik);
— davlat idora organlari va ularga bo‘ysunadigan korxonalar, muassasa-
lar,tashkilotlaro‘rtasidagimunosabatlar;
— davlat idora organlari va birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlar;
— davlat idora organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar.
Ma’muriy huquq – huquq tizimining mustaqil tarmog‘i sifatida davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat.
Ma’muriy huquq me’yorlari juda rang-barang. Ularga turmushdagi xat- ti-harakat, tabiatni muhofaza qilish, suvdan foydalanish me’yorlari, yong‘indan saqlash qoidalari, transportdagi xavfsizlik me’yorlari va boshqa ko‘p narsalar kiradi.

Bu qoidalarning hammasiga albatta rioya etish zarur.
Tamoyil
Mazmuni

1.Qonuniylik
Davlat, uning idoralari, mansabdor shaxslar, fuqarolar- ning jamoatchilik birlashmalari o‘z faoliyatlarini Konsti- tutsiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirishlari lozim.

2.Fuqarolarning qonun oldida teng huquqliligi

O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquqqa va erkinlikka egadirlar hamda qonun oldida teng huquqlidirlar.

3.Demokratiya
Fuqarolarning jamoat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlari va huquqlarini bildiradi.

4.Gumanizm (insonparvarlik)
Insonning eng yuksak qadr-qimmatini tan olish va uning obro‘-e’tiborini hamda huquqi va erkinligi daxlsizligini hurmat qilishdir.

5.Adolat Inson shaxsiga, uning jinsi, irqi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, xolis va beg‘araz munosabatda bo‘lish.

6.Ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi
Ma’muriy qonunbuzarlik qilgan bironta shaxs javobgar- likka tortilmay qolmaydi.Ma’muriy huquq manbalari sirasiga:
—O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
—Konstitutsiyaviyqonunlar;
—O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari;
—O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
—O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazir-
liklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining yo‘riqnomalari, nizomlari;
— mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.
Ma’muriy huquq ijtimoiy sohaning turli sohalarini tartibga soladigan davlat hukumat organlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Jamiyatning hayoti boshqaruvga muhtoj, chunki sanoat ham, qishloq xo‘jaligi ham, mada- niyat va ma’rifat ham o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi.
Prezident, davlat boshqaruvi organlarining xizmatchilari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lma- gan shaxslar, jamoat birlashmalari ma’muriy huquq subyektlarihisoblanadi.
 Davlat hokimiyatining oliy idorasi — Oliy Majlis qanday qonunlar qa- bul qilmasin (harbiy majburiyat, ta’lim tizimini isloh qilish, qo‘shma korxo- nalar, ijara yoki onalik va bolalikni muhofaza qilish va hokazo), ularning har biri ro‘yobga chiqarilishi kerak. Davlat boshqaruvining mahalliy va markaziy idoralari buning uchun shart-sharoit yaratadi. Davlat boshqaruvining markaziy idoralariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlatqo‘mitalarikiradi.
Ularning har biri iqtisodiyot, madaniyatning alohida tarmoqlarini boshqa- radi. Masalan, Ichki ishlar vazirligi mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlash bi- lan bog‘liq masalalarni hal etadi, Xalq ta’limi vazirligi esa ta’lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi va hokazo.
Mahalliy hokimiyat idoralariga hokim boshchiligidagi hokimliklar kira- di, ular viloyat, shahar yoki tumanda ijroiya va farmoyish chiqarish hokimiyati bo‘lib, kundalik tezkor ishlarni bajaradi.
Ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadi. Mahalliy muammolarni hal etishda o‘zini o‘zi boshqaruvchi mahalliy idoralar, masalan, fuqarolar yig‘inlari va oqsoqollar, kasaba uyushmasi qo‘mitalari va hokazolar katta ahamiyatga ega. Ular o‘z vazifalarini ko‘ngillilik asosida ba- jaradilar. Jamoat tashkilotlarining qarorlari faqat ana shu tashkilotga kiruvchi fuqarolar uchun majburiydir.

Davlat boshqaruvini tartibga solish ishi OʻzR hukumatining , tarmoq va tarmoqlararo davlat boshqaruv organlarining , shuningdek, joylardagi vakolatli va ijro etuvchi organlarning meʼyoriyhuquqiy aktlari bilan amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruv organlarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi aktlarni qabul qiladi, Maʼmuriy huquq manbalari hisoblanadigan turli xil krnunkridalarni tasdiklaydi. Maʼmuriy huquq manbalari katoriga, jumladan, qarorlar, buyruqlar, tarmoq va tarmoqlararo boshqaruv organlari (vazirliklar, mahkamalar, davlat qoʻmitalari, respublika agentliklari)ning turli xil yoʻriqnomaviy materiallari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.

Mustaqillik yillarida Maʼmuriy huquq meʼyorlari ancha yangilandi. Chunki, davlatning iqtisodiy funksiyalari, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi va ular faoliyatidagi asoslilik, omilkorlik singari jihatlar ham tubdan oʻzgardi. Markazlashmagan tizimga oʻtish va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlmagan qator vakolatlarning markaziy organlardan quyi boʻgʻinlarga oʻtkazilishi jarayoni roʻy bermoqda.

Maʼmuriy huquqning ijro etuvchi hokimiyat tuzilishini tokomillashtirishda, davlat xizmatining huquqiy asoslarini vujudga keltirishda, bozor iqtisodi-yotini tartibga solishda, fuqarolar va tadbirkorlik tizimlari qonuniy huquklari va manfaatlarining qatʼiy himoya ostiga olinishini taʼminlashda ahamiyati katta.

Maʼmuriy huquq meʼyorlarini takomillashtirish jarayoni ijro etuvchi hokimiyat organlarida 2 yoʻnalishda ketmoqda. Vir tomondan, ijro etuvchi hokimiyatning markaziy va mahalliy organlari orasidagi vakolatlarni chegaralash yoʻli bilan, ikkinchi tomondan esa — bajaradigan vazifasiga kura bir xil tipdagi davlat boshqaruv organlarining HUQUQIY maqomini belgilashda bir xillikni taʼminlash hamda davlat va ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi boshqaruv darajasini yuksaltirish yoʻli bilan ushbu jarayon amalga oshirilmoqda.

Iqtisodiy munosabatlarni boshqarib borishning bozor mexanizmiga oʻtish sharoitida Maʼmuriy huquq meʼyorlari yangi iqtisodiy boshqaruv omillarining joriy etilishini nazarda tutadi (li-senziyalash, kvota belgilash, soliq solish va undirish). Bozor iqtisodiyotining maʼmuriyhuquqiy taʼminlanishi iqtisodiy va ijtimoiy sohalar rivojini prognozlash va dasturiy rahbarlik qilish, Oʻzbekistonning ilmiytexnikaviy salohiyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda davlat mulkini samarali boshqarish va tadbirkorlikni ragʻbatlantirishga doyr tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan.

Termiz davlat universiteti yuridik fakultetining sirtqi bo`lim 822-guruh 2-kurs talabasi Boborajabov Yoqubjon Murodaliyevichning Ma’muriy xuquq fanidan tayyorlagan  Maqolasi

Related Articles

Back to top button