Noqonuniy yer egallash holati aniqlandi
Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan Qorakoʻl tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosi oʻrganilganda, tumandagi “Mallaishayx” mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxira fondida turgan 4992-konturdagi sugʻoriladigan ekin yerdan shu hududda yashovchi, 1978-yilda tugʻilgan S.G. tomonidan 2022-yil may oyida hech qanday hujjatsiz, oʻzboshimchalik bilan jami 200 m.kv. yer maydonini egallab olib, shundan oʻlchami 20×9=180 m.kv. maydonda yashash uchun bino inshooti qurganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229/1-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati