Hodisalar

TABIIY GAZDAN NOQONUNIY FOYDALANGAN ISTE’MOLCHILAR ANIQLANDI

“Aqlli” hisoblagich o‘rnatilsa, ortiqsa sarf yoki qazdorlik bo‘lmaydi sababi, hisoblagichda alohida sim karta o‘rnatilgan bo‘lib, iste’molchi hisob raqamida to‘lov mablag‘i kam qolganda uning telefoniga ogohlantiruvchi SMS xabar keladi. To‘lov amalga oshirilmagach, tizim avtomat tarzda o‘chadi. Yana bir afzalligi, faqat ish kunlari tizim o‘chiriladi, haroratga qarab gaz o‘tkazadi, o‘n yilda bir marta qiyoslov ko‘rigidan o‘tkaziladi.

Muhimi, ma’lumotlar 90 kun mobaynida saqlanadi, elektron tizim bo‘lgani bois, foydalanilgan gaz hisobini ortga qaytarib bo‘lmaydi, mabodo qurilmaga teginilsa, tizim avtomat ravishda o‘chiriladi. Bu o‘z-o‘zidan tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi.

Ta’kidlash joiz, tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etish orqali qarzdorlik bilan bog‘liq muammo va uzilishlarning oldi olinishi bilan birga yo‘qotishlar hamda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari to‘g‘risida ta’minotchini vaqtida ogohlantirilishiga erishiladi. “Aqlli” hisoblagichlar iste’molchining yoqilg‘i sarfini yuqori aniqlik bilan o‘lchab, real vaqt rejimida markazga ma’lumotlarni uzatadi.

Hisoblagich huddi mobil telefon kabi sim karta va akkumulyator-batareyada ishlaydi hamda dispetcherlik xizmatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri simsiz aloqa yordamida ulanadi. Dispetcher o‘z monitorida qaysi xonadonga ayni daqiqada qancha miqdordagi gaz berilmoqda, qaysi biriga umuman berilmayapti, qayerda qanday nosozlik bor, barchasini nazorat qilib turadi va hisoblagichda qarz yuzaga kelishi bilanoq, inson aralashuvisiz gaz berish iste’molchi tomonidan pul to‘langunga qadar to‘xtatiladi.

Albatta, iste’molchilarning gaz hisoblagichlari tarmoqdan birdaniga kelmay qolmaydi. Qarzdorlik paydo bo‘lishiga yaqin qolganda hisoblagich pul to‘lash lozimligi to‘g‘risida mobil telefonga qisqa xabar (SMS) yuboradi va dam olish hamda bayram kunlaridan boshqa vaqtdagina qarzdorga gaz berishni avtomatik to‘xtatadi. Buning sababi esa, tizim — bank ishlamaydigan kunlari kassaga pul to‘lay olmasligingizni biladi.

 Qarzdorlik tufayli gaz berish to‘xtatilgach, iste’molchi tomonidan pul to‘lab qarzni yopilgandan keyin ham hisoblagich, toki iste’molchi uydagi barcha ochiq qolgan gaz uskunalarini berkitmagunicha, gazni o‘tkazmaydi.

Agar iste’molchi uyida qo‘shimcha o‘choq, tandir yoki issiqxonani tabiiy gaz tarmog‘iga ulasa, iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz ehtiyoji oshib ketishi sababli, hisoblagich gaz yetkazib berishni to‘xtatadi.

Yuqoridagi holatlarga amal qilmagan holda «qo‘shtirnoq» ichidagi iste’molchilar tomonidan o‘z boshimchalik bilan gaz hisoblagichlarni yechib olib qo‘l bola rezina shilanglar orqali foydalanayotganligiga guvohi bo‘loqdamiz. Tabiiy gaz to‘lovidan qarz bo‘lgan fuqaro yangi «aqlli» hisoblagich gazni uzib qo‘ygach, rezina shlang bilan noqonuniy tarzda tarmoqqa ulanish hayoliga keladi. Oqibatda, rezina shlangdan gaz sizib chiqish va gaz portlashlarga ham sabab bo‘lyotga xonadonlarni kun ora guvohi bo‘lib turibmiz.

Misollarga yuzlansak, Sherabod, Denov, tumanlarida hamada Termiz shahrida 19 dan ortiq istemolchilarni gaz hisoblagichlarni noqonuniy yechib olib ishlatish holatlarini soha xodimlari tomonidan o‘sha vaqtning o‘zida ushbu xonadonlardagi gaz ta’minoti tarmoqdan uzilib, tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilmoqda.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining raqamlashtirish bo‘limi hamda filialning tegishli bo‘lim xodimlari xamkorligida aniqlangan bu kabi holatlar yuzasidan iste’molchilarga tushunchalar berilib, ularning tabiiy gaz tarmog‘idan foydalanishi vaqtincha cheklanmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad – aholining iste’mol madaniyatini oshirish va ularning xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

Joriy yilda viloyatda tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 19 ta holat aniqlangan. Bu o’z navbatida 20 900 metr kub gaz o‘zboshimchalik bilan sarf qilingan va oqibatda ta’minot korxonasi jami 7 million 942 mingdan ortiq moddiy zarar ko‘rgan. Hozirgacha barchasi undirilib, yetkazilgan zarar bartaraf etilgan.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button