Madaniyat

Hurmatli iste’molchilar!

Ma’lumki, 2022-yil 25-yanvar kuni elektr ta’minotida uzoq davom etgan uzilishlar sababli “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “Gazli”, “Sho‘rtan” va “Muborak” neft-gaz qazib olish boshqarmasiga qarashli 64 ta konning ishi vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Bu, o‘z navbatida, “O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlari va “Hududgazta’minot” AJ mahalliy tarmoqlarida bosimning pasayishiga ta’sir ko‘rsatdi.

Ayni paytda Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining bir qator tumanlari hamda Toshkent shahrida tabiiy gazni yetkazib berishda bosimning pasayishi yoki uning yo‘qligi kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan “Hududgazta’minot” AJ bosimni tiklash va iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qiladi.

Hozirgi vaqtda gaz yetishmasligi yoki uni yetkazib berish paytida bosim pasaygan manzillarda gaz ishlatadigan barcha jihozlarni o’chirib qo’yish va binolarda gaz hidi yo’qligini tekshirish kerak.

Zarurat tug‘ilganda 1104 call- markaziga yoki 104 dispetcherlik xizmatiga qo’ng’iroq qilish mumkin.

“Hududgazta’minot” AJ yuzaga kelgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘raydi.

“Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button