O`zbekiston

“Ishga marhamat” monomarkazida mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Angor tumanining “Madaniyat” mahallasida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, Angor tumani hokimi Shohjahon Abdullayev, partiya faollari, deputatlar va yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarnining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyoti yo‘lida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ham ishtiroki borligi ta’kidlandi. Tadbir davomida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va yangi bosqichda hayotga tatbiq etilgan islohotlar aks ettirilgan video rolik ham namoyish etildi.
Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Related Articles

Back to top button