Kasbim-faxrim

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024 yil 25 iyundagi 22-sonli “Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni taftish tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyati

Sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning qonuniy vakili (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiy, homiy va hokazo.) tomonidan keltirilgan taftish tartibidagi shikoyatga uning vakolatini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, shu jumladan advokat, sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilishga, basharti bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lgandagina haqli.

Ishda ishtirok etuvchi shaxsning shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxsning huquqiy vorisi tomonidan berilgan taftish shikoyatiga huquq o‘tganligi faktini yoki bunday huquq o‘tishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxsning qayta tashkil etilganligi, huquqning meros tartibida o‘tishi, nikoh, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar, vasiyatnoma va hokazo.) ilova qilinishi kerak. 

MSIYutK 250-moddasining mazmuniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi (bundan buyon matnda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar deb yuritiladi) tomonidan tumanlararo ma’muriy sudlarning, hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyalari sudlarining qarori, ajrimi ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar)ni taftish tartibida ko‘rib chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida:

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari;

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar taftish instansiyasi (sudyasi)ning sud hujjatlari;

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar);

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining taftish tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki Bosh prokurorining protesti O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ko‘rib chiqiladi.

Sud hujjatini qabul qilgan sud shikoyatni (protestni) u kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda taftish instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.

 

Termiz tumanlararo ma’muriy

sudi arxiv mudiri  

M.Jumayev

Related Articles

Back to top button