Kasbim-faxrim

KAMBAG’ALLIKDAN FAROVONLIK SARI

Avval xabar berganimizdek Andijon viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Anvarjon Nurmatov Baliqchi tumani Nasniddinobod MFY dan ijtimoiy reestrga kiritilgan va turmush darajasi og‘ir sharoitga tushib qolgan 5 ta oila biriktirilgan edi.

Topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va ushbu oilalarni yanada qo’llab-quvvatlash maqsadida kuni kecha Viloyat boshqarma boshligi yana  “Nasriddinobod” mahallasida bo’ldi.

Mahalladagi 5 ta xonadon o’rganib chiqilib, ularga kerakli yordamlar berildi. Shuningdek, ularni kasb-hunarga o’qitish bo’yicha rejalashtirilgan edi. Hozirda ushbu 5 ta xonadon vakillari hamda mahalladagi qolgan ishsiz ayollarni kasb-hunarga o’qtish yo’lga qo’yildi.

Xususan, 20 nafar ayollarga ushbu mahallaning o’zida «Ishga marhamat» monomarkazdagi malakali mutaxassislar tomonidan tikuvchilik o’quv amaliy mashg‘ulotlari yo’lga qo’yildi.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button