O`zbekiston

Расмий баёнот

Сурат манбаси

Наманган вилоятининг Чуст туманида мактабгача таълим ташкилотидаги болалар билан содир бўлган заҳарланиш ҳолати юзасидан Соғлиқни сақлаш вазирлиги барча керакли чора-тадбирларни амалга оширмоқда.

Туман тиббиёт бирлашмасига қабул қилинган болаларнинг барчасига белгиланган стандартлар бўйича даво муолажалари олиб борилмоқда.

Уларга якуний ташхис қўйиш мақсадида белгиланган талаблар асосида намуналар олиниб, экспертизадан ўтказилмоқда.

Айни пайтда болаларнинг ҳолати қониқарли, улардан 10 нафарининг аҳволи яхшилангани сабабли уйига рухсат берилди.

Туманда содир бўлган ушбу ҳолат шахсан Соғлиқни сақлаш вазири томонидан қатъий назоратга олинган.

Мазкур ҳолат сабабларига ойдинлик киритилгач, қўшимча ахборот берилади.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати

Суратдаги матн:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘iq ni saqlash vazirligi

2023 yil 22 sentabr                                                        05-24/22590-son

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘iq ni saqlash

vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Sog‘liqni

saqlash boshqarmalari boshliqlariga

O‘zmedimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati

“Samo” MCHJ

KO‘RSATMA XAT

Joriy yilning 21 -sentyabr kuni Chust tumanidagi 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan.

Bo‘lim mutasaddilari voqea joyiga yetib borgan va dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelinganligi, keyinchalik shikoyat qiliuvchilar soni ortib borganligi, shunga ko‘ra, 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidan 35 nafar, 51-bog‘chadan 20 nafar, 18-bog‘chadan 5 nafar, 36-bog‘chadan 3 nafar, 7-sonli o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 43-bog‘chadan 1 nafar, 21-o‘rta talim maktabidan 1 nafar, 30-bog‘chadan 2 nafar, 34 va 35-bog‘chadan 1 hamda oilaviy bog‘chadan 1 bola jami, 71 nafar bolaning sog‘lig‘idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilganligi buni sababi qilib “Kaliv yodid 1mg (0,001) tabletka №100 (Antistrumin)” dori vosilasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-iyuldagi “Aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5198-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Sog‘liqni saqlash vazirligi xarid komissiyasi yig‘ilishining 4-sonli bayonnomasiga asosan tarqatilgan dori vositasini sabab qilib ko‘rsatilgan.

Yuqoridagilarga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari “Kaliv yodid1mg (0,001) tabletka №100 (Antistrumin)” dori vositasini taqdiri xal bo‘lgunga qadar ya’ni laborator xulosalar chiqgunga qadar taqsimot qilingan ushbu dori vositalarini iste’molini zudlik bilan vaqtincha to‘xtatishingizni hamda taqsimot qilingan hudularga ham bu haqida tegishli topshiriqlar berishingizni so‘raydi.

Vazir o‘rinbosari:       E. Basitxanova

Ijrochi: U.Shukurov

Related Articles

Back to top button