Hodisalar

Sho‘rchi tumanida firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Sho‘rchi tumanida 2022 yil 9 avgust kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu tumanda yashovchi, F.Qahhor (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2022 yil 20 fevral kuni, tumanning “Bobur” mahallasida yashovchi, L.Ruslanning ishonchiga kirib, “Neksiya rusumli, avtoulovini 90.000.000 (to‘qson million) so‘mga olaman!”-deb, 50.000.000 (ellik million) so‘mini berib, qolgan 40.000.000 (qirq million) so‘m pulini bermasdan ketganligi aniqlangan. 9 avgust kuni F.Qahhorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi ”a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Related Articles

Back to top button