Kasbim-faxrim

MUZRABOT GAZ TO‘LDIRISH SHAXOBCHASIGA PRESS-TUR BO‘LIB O‘TDI

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialiga qarashli Muzrabot gaz to‘ldirish shaxobchasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’yekt rahbarlari va ishchi xodimlarning to‘g‘ri harakat qilishini muvofiqlashtirish, hududdagi ishchi xodimlarni xavfsiz hududga ko‘chirish va jabrlanganlarni tezkorlik bilan qutqarish ishlarini tashkil etish, jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish, moddiy boyliklarni asrash bo‘yicha ob’yekt rahbariyati, ishchi xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlangan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti jurnalist hamda blogerlar hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilib, o‘tkazildi.

Muhtaram Prezidentimizning viloyatimizga qilgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga asosan 2016 yilda Muzrabot tumani “Yangi diyor” mahallasi xududida oylik quvvati 840,0 tonnaga teng bo‘lgan suyultirilgan gaz to‘ldirish shaxobchasi (GTSH) qurib bitkazilgan. Ushbu GTSH orqali bugungi kunda viloyatning Angor, Termiz, Muzrabot va Sherabod tumanlari aholisiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, ilgari aholi maishiy gaz ballonlarni xususiy sinovdan o‘tkazish syexlari orqali navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialiga qarashli gaz to‘ldirish inshootlari qoshida sinov markazlari qurib bitkazilib, shu yerning o‘zida maishiy gaz ballonlarni joriy sinovdan o‘tkazilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bu esa o‘z navbatida aholiga ancha qulayliklar yaratdi.

Ma’limot o‘rnida gaz ballonlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 iyun kunidagi 348-son Qarorida “Gaz ballonlarini ta’mirlash va texnik ko‘rikdan o‘tkazish tasdiqlangan tariflarga muvofiq iste’molchi hisobidan gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi” ko‘rsatib o‘tilgan. Qarorga asosan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minot filialining 2020 yil 15 dekabr kunidagi 216-son buyrug‘i ilovasida 1 dona maishiy gaz ballonni ta’mirlash va sinov ko‘rigidan o‘tkazish 5 yilda 1 marta o‘tkaziladi, yiliga 15 000 so‘m, 5 yilga 75 000 so‘m etib belgilab qo‘yilgan.

Muzrabot gaz to‘ldirish shaxobchasi Angor, Termiz, Muzrabot va Sherobod tumanlari iste’molchilariga xizmat ko‘rsatadi. 2022 yil yanvar-mart oylarida, 16 nafar mutaxassis tomonidan iste’molchilarning maishiy gaz ballonlariga 2008,1 tonna suyultirilgan gaz to‘ldirib berilgan. Bu ballon hisobida 100407 dona maishiy gaz ballonni tashkil etadi. Ushbu shaxobchada malakali muxandis va texnik xodimlar faoliyat yuritayongan bo‘lib. Ishchi xodimlarga qulay ish sharoitini yaratish maqsada shu yerning o‘zida ovqatlanish dam olish va yuvinish xonalari mavjud.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan tashkil etilgan press-turda tizim mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, davlat, nodavlat tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tuman Sog‘liqni saqlash xodimlari ishtirok etdi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan gaz ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilib, eskicha usulda ishlashning har qanday shakllaridan to‘laligicha voz kechilyapti. Tizim tasarrufidagi tashkilot hamda korxonalar faoliyatini tubdan yaxshilash mexanizmlari tobora o‘zgarib boryapti. Jumladan, aholiga suyultirilgan hamda tabiiy gazni o‘z vaqtida yetkazib berish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash dasturlarini muddatida bajarish va gaz taqsimlash punktlarining namunaviy holatdaligini doimiy nazorat qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Endilikda suyultirilgan gaz iste’molchilar uchun gaz ta’minoti to‘lovlarini ID-kartalar orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Ya’ni, fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan bankka borib karta ochishi va unga pul o‘tkazishi mumkin. Gaz yetkazib berish xizmat mashinalariga esa ushbu kartadan pul yechib oluvchi apparatlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ID-karta balansini uyali aloqa vositasi orqali kuzatib borish imkoniyati ham mavjud.

Iste’molchilar suyultirilgan gaz ballonlarini qabul qilganda suyultirilgan gazning belgilangan sifatda va hajmda yetkazib berilishini talab qilish, gaz miqdorini nazorat tarozilarida o‘lchab ko‘rish, belgilangan miqdorda bo‘lmagan suyultirilgan gazni olishdan bosh tortishga qonuniy haqqi bor. Shu o‘rinda aytib o‘tish joyizki “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgust kunidagi 646 son qarori” bilan tasdiqlangan nizomga asosan gaz ta’minoti bo‘limi avtoulovlari maxsus nazorat tarozisi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lib, faqatgina iste’molchilar tomonidan so‘ralganda (talab qilingan taqdirda) nazorat tarosizi orqali o‘lchab beriladi.

Bugungi kunda har bir sohada uchrashi mumkin bo‘lgan ovoragarchiliklarni bartaraf etib, aholi uchun imkon qadar sodda va sifatli qulayliklarni yaratish, samarali xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish har bir tarmoq oldida turgan ustuvor masala. Bo‘lib o‘tgan press-tur davomida jurnalist va blogerlar o‘zilariga qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button