Bu qiziq

GIYOHVANDLIK VOSITALARI BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNING OLDINI OLISH HAQIDA

Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy tarqalishining oldini olish alohida e’tibor talab qilayotgan dolzarb masalalardan biridir. Bunday moddalar inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi, uning ruhiy va jismoniy holatini izdan chiqarishi, ta’lim va mehnat faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, turli jinoyatlarning sodir etilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Tabiiyki, giyohvandlik insonning sog‘lig‘i va kelajagiga jiddiy xavf tug‘diradi. Giyohvandlik vositalariga qaram bo‘lib qolgan shaxs vaqt o‘tishi bilan o‘zining ijtimoiy faolligini yo‘qotishi, oila va yaqinlari bilan munosabatlari yomonlashishi, ta’lim yoki mehnat faoliyatidan uzoqlashishi mumkin.

Ayniqsa, yoshlarning bunday moddalarni bir marta sinab ko‘rishi ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Ayrim yoshlar noqonuniy moddalarni tarqatayotgan shaxslarning aldoviga uchib, oson daromad topish maqsadida jinoyatga aralashib qolishi mumkin.

Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni narkojinoyatlarga jalb qilishga urinishlar ham kuzatilmoqda. Shu sababli yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, ularni shubhali takliflardan ogoh etish va noqonuniy faoliyatga jalb etilishining oldini olish muhim ahamiyatga ega. 2026-yilda ham yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishining oldini olish bo‘yicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2026-yil 11-iyundagi qonun bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarining noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilgan.

Yoshlar  o‘rtasida giyohvandlik tarqalishining oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarda yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, yashirin xavflarni barvaqt aniqlash, tengdoshlar orqali ijobiy ta’sirni kuchaytirish va zamonaviy media vositalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Huquqiy targ‘ibot, oiladagi sog‘lom muhit, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish orqali bunday jinoyatlarning oldini olish mumkin.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Shoʻrchi tuman sudi tergov sudyasi             

Sh.Qodirov

 

Related Articles

Back to top button