Madaniyat

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudida sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi raisi Tolib Tilavov raisligida ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Unda Probatsiya guruhida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.

Probatsiya guruhida jazo o‘tash davomida mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, jazo o‘tash tartib-qoidalariga rioya qilgan, tuzalish yo‘liga o‘tgan, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq amal qilgan hamda o‘z xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 4 nafar nazorat ostidagi shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan axloq tuzatish ishlari jazosidan, 8 nafar nazorat ostidagi shaxs esa ozodlikni cheklash jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Aksincha, sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan 1 nafar nazorat ostidagi shaxsning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Shuningdek, sayyor sud yakunida raislik qiluvchi sudya tomonidan ishtirokchilarga qabul qilingan sud qarorlarining mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berildi.Qonun ustuvorligi — adolat va inson taqdiriga mas’uliyat bilan yondashishning muhim mezonidir.

 

Jinoyat ishlari bo`yicha

Sho`rchi tuman sudi raisi

T.Tilovov

Related Articles

Back to top button