Madaniyat

“Oiladagi zo‘ravonlik va buning uchun javobgarlik asoslari” mavzusida

  Yig‘ilishni tumandagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ochib, Oiladagi zo‘ravonlik va buning uchun javobgarlik asoslarini takitlab, so‘zni jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudining raisi T.Abdiraimovga berdi.            Tuman sudining rais T.Abdiraimov so‘zga chiqib ishtirokchilarga, Oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida 2019 yil
2 sentabrda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, unda “jinsiy zo‘ravonlik”, “jismoniy zo‘ravonlik”, “iqtisodiy zo‘ravonlik”, “psixologik zo‘ravonlik”, “tazyiq”, “himoya orderi” tushunchalari belgilab berilgan(3-modda).                                                Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir

etish tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda

tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;

  • maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;
  • ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risida talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda abardor
  • sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan unga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etish, shuningdek, davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanishiga sabab bo‘ladigan tazyiq va zo‘ravonlikdan davlat himoyasini ta’minlaydigan maxsus hujjat – himoya orderini olish huquqiga ega.

Hozirda oldingi yildagilarga nisbatan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik namoyon bo‘lishining ko‘paygan, ikkinchi tomondan esa, IIV xodimlari tomonidan oilada zo‘ravonlik holatlarining namoyon bo‘lishining oldini olishidan dalolat beradi. Ichki ishlar vazirligining 2020–2021 yillar uchun himoya orderlari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, himoya orderlarini berish uchun tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning mos ravishda 5071 va 21947 ta arizasi asos bo‘lgan. Himoya orderi berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish chog‘ida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, ish materiallari tajovuzkorni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.

Agar zo‘ravonlik fakti mavjud bo‘lsa, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining boshpana berish to‘g‘risidagi talabiga binoan maxsus markazlarda o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga joylashtirish ta’minlanadi va zarurat tug‘ilganda bu muddat uzaytirilishi mumkin. Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, uning ish joyi saqlab qolinadi, markazda o‘tkazgan vaqt darslarni o‘tkazib yuborish munosabati bilan ta’lim muassasasidan haydash uchun asos bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida insonning hayotiga, sog‘lig‘iga va jinsiy erkinlikka tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, biroq unga oiladagi zo‘ravonlik kiritilmagan. Odatda, maishiy zo‘ravonlik to‘g‘risidagi ishlar jabrlanuvchilarning shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atilishi mumkin, ya’ni, ular xususiy ayblov ixtiyoridadir. Shu munosabat bilan maishiy zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni himoya qilish maqsadida davlat zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini moddiy zarar va ma’naviy ziyonni qoplash to‘g‘risidagi da’vo bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod etdi.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasida faqat aybdorni javobgarlikka tortishni so‘rab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosida ish yuritish qo‘zg‘atiladigan salomatlik, jinsiy erkinlikka qarshi, nikohga kirishga majburlash yoki nikohga to‘sqinlik qilish, tuhmat va haqorat qilish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi bir qator jinoyatlar sanab o‘tilgan. Mazkur moddada jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligi, ayblanuvchiga qaram bo‘lganligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini o‘zi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shart ekanligi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksida o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (103-modda); o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash (1031-modda); qasddan badanga shikast yetkazish (104–105, 109-moddalar); qiynash (110-modda); o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlash bilan qo‘rqitish (112-modda); nomusga tegish (118-modda); jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-modda); ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga

tegishiga to‘sqinlik qilish (136-modda); tuhmat (139-modda); haqorat qilish (140-modda); fuqarolarning teng huquqliligini buzish
(141-modda) uchun jazo nazarda tutilgan.

Odatda, maishiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar yuqoridagi moddalar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Shuni nazarda tutish kerakki, jabrlanuvchining zo‘ravonlikka duchor bo‘lishi davom etaverganda va u hokimiyat organlariga ishonmay qolganda, zo‘ravon jazosiz qolaverganda jamiyatda oiladagi zo‘ravonlik jinoyat emas, degan fikr paydo bo‘ladi. Bunday amaliyot o‘zgartirilishi kerak.

Жинот ишлари бўйича

Шўрчи туман суди ёрдамчиси

А.Эшмуратов

Related Articles

Back to top button