PQ-187-sonli qaroriga asosan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qaroriga asosan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Shungako’ra 2024-yil dekabr oyida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Janubiy mintaqaviy boshqarma bosh mutaxassisilari G’.Axmedovva J.Ro’ziyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining 2024-yil 01-noyabrdagi 20-74708-sonli xatiga asosan hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qarori talablariga rioya etishi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5490-sonli farmonini 2-ilovasining 27-bandiga muvofiq Surxondaryo viloyati hududida 6 ta tadbirkorlik subektlarida tegishli tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi
983-sonli qarori talablari;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4078-sonli qarori talablari o’rganib chiqilib aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo’yicha
tegishli sud organlariga yuborildi.
Janubiy mintaqaviy boshqarma
bosh mutaxassisi G’.Axmedov
Janubiy mintaqaviy boshqarma
bosh mutaxassisi J.Ro’ziyev