Kasbim-faxrim

BOYSUN TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA

Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, jamiyat farovonligining oshishida energiya resurslari muhim ahamiyatga ega. Xususan, aholining maishiy ehtiyoji va ishlab chiqarish tizimini tabiiy yoqilg‘ilarsiz tasavvur etish qiyin. So‘nggi yillarda energiya sohasida olib borilgan islohotlar xavfsizlikni ta’minlash, tejamkorlikka erishish hamda yo‘qotishlarning oldini olishda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. 

Tabiiy gaz ta’minotida raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi va ta’minotning ikki bosqichli tizimga o‘tkazilishi pirovardida bu boradagi mavjud muammolar o‘z yechimini topmoqda.

Fikrimizni Boysun tumanida amlga oshirilayotgan ishlar bilan davom etirsak. «Boysuntumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil  24-sentyabrdagi «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4840 sonli qarori ijrosi yuzasidan Boysun tumanida mavjud Sho‘rsoy, Poygaboshi, Gaza, Tog‘chi, Obi, Chorchinor, Bog‘ibolo, Tuzbozor, Kosiblar, Ariq usti, Mustaqillik hamda Bibishirin mahallalarida yashovchi 4545 ta aholi xonadonlariga ASKUG tizimida ishlovchi yangi elektron gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlandi. Endilikda tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgan iste’molchilarga EGHU o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, tumanda majud gaz quvurlari to‘g‘rilandi. Ushbi ishlar «Mahallabay» ishlash tizimida yo’lga qo’yildi. Misollarga yuzlansak: Gaza, Sho‘rsoy, Chorchinor hamda Poygaboshi mahallalaridagi tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi xonadonlari to‘liq tabiiy gaz ta’minotining 3 bosqichli tizimidan 2 bosqichli tizimiga o‘tkazildi.

Bundan tashqari tumanda mavjud 124 ta – jumladan 15 ta yuqori bosimli hamda 109 ta o‘rta bosimli gaz taqsimlash shaxobchalari qisqartirilib, umumiy soni 16 taga, jumladan 1 ta yuqori bosimli hamda 15 ta o‘rta bosimli gaz taqsimlash shaxobchalariga tushirildi. Iste’molchilarga tabiiy gaz ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida tumanda mavjud RDNK-80 rusumli yuqori bosimli GTSH demontaj qilinib, o‘rniga   RDUK-200 rusumli yuqori bosimli GTQ o‘rnatildi.

Shuningdek, tumanda mavjud gaz quvurlaridan 13,0 km uzunlikdagi qismi qayta bo‘yoqlanib estetik jihatdan tartibga keltirildi. 

Tabiiy gaz tanqis hududlarda mavjud foydalanishda bo‘lmagan 8,0 km uzunlikdagi quvurlar demontaj qilinib, tuman markazidagi aholi xonadonlariga tabiiy gaz ta’minoti yaxshilash maqsadida 5,0 km uzunlikdagi quvurlar katta diametrga almashtirildi. Shuningdek, 0,2 km uzunlikdagi yer osti gaz quvuri rekonstruksiya qilinib, yer ustiga chiqarildi.

Ushbu tizim turli yo‘qotishlarning oldini olish bilan birga sohada ish samaradorligi va unumdorligini oshirmoqda. Aholi farovonligini yanada yaxshilashda bunday islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

«Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button