KUN TARTIBIDA: “Mening mahallam va mening sudyam” mavzusida

Davra suhbati bo‘yicha yig‘ilishni ochik deb e’lon qilib, mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga tashrif buyurgan, sayyor qabulga kelgan fuqarolarni bugungi yig‘ilish kun tartibidagi masalalar ya’ni “Mening mahallam va mening sudyam g‘oyasi” mavzusida sayyor qabullar bo‘yicha nutq so‘zlash uchun so‘zni jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi raisi T.Abdiraimovga berdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi raisi T.Abdiraimov o‘z nutqida dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 145-sonli qarori hamda Oliy sudining 2022 yil 23 apreldagi MIB-61/22-sonli topshirig‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatish yuzasidan sayyor qabulga kelgan fuqarolarning asosiy talablari va oilalaridagi yuzaga kelayotgan dolzarb muammolarni hal qilish choralari, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar dasturi haqida ko‘rsatmalar berdi. Nizoni hal etish uchun kerakli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha ham tegishli ko‘rsatmalar berildi. Davra suhbati davomida fuqarolar bilan savol-javoblar qilindi.
Hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha izchil olib borilayotgan siyosiy kurash haqida ham tushunchalar berib o‘tildi. mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolariga korrupsiya to‘g‘risidagi qonunning mazmun mohiyati, tushanchasi va davlat raxbari tomonidan berilayotgan topshiriqlar ham aytib o‘tildi. Bundan tashqari fuqarolarga korrupsiya alomatlari ma’lum bo‘lsa, tegishli idorlarga tez fursatlarda xabar berilishi yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan “Ayollar daftari” ni shaklantirishga ko‘ra, “Ayollar daftari” ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqilgan. Shu munosabat bilan xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida komissiyaning joylardagi hududiy ishchi guruhi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, barcha sudlarda har haftaning shanba kuni “Xotin-qizlarga huquqiy yordam berish kuni” tashkil qilindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Sho‘rchi tuman sudining raisi
T.Abdiraimov




