O`zbekiston

Xalqaro shartnomaning shakli

Xalqaro huquqda majburiy tusdagi xalqaro shartnoma shakli belgilanmagan.

Yuqorida ta’kidlanganidek, xalqaro shartnoma turlicha nomlanishi mumkin, lekin bu uning yuridik kuchiga ta’sir etmaydi. Uning eng keng tarqalgan nomlari quyidagilar: shartnoma, bitim, konventsiya, protokol, pakt, ustav, deklaratsiya.

Izoh (ogovorka) xalqaro shartnoma tuzish jarayonida izoh beruvchi davlatga nisbatan shartnomaning alohida qoidalari harakatini o’zgartirish yoki bekor qilish maqsadida, shu davlatning bir tomonlama tartibda beradigan bayonoti, demakdir. Izoh shartnomaning maqsad va printsiplariga zid bo’lmasligi va uning asosiy mazmunini o’zgartirib yubormasligi kerak. Izoh ratifikatsiya qilish, tasdiqlash va qo’shilish davrida beriladi. Izoh berilishiga yo’l qo’ymaydigan, masalan,
MDH mamlakatlari Iqtisodiy ittifoqini tuzish to’g’risidagi shartnoma kabi shartnomalar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Izoh bergan davlat uni istalgan paytda bekor qilishi mumkin.

Agar ishtirokchilarning muayyan qismi, shuningdek shartnomaning maqsad va printsiplari uni barcha ishtirokchilarning yalpi ravishda qabul qilishini talab etsa,
u holda shartnomaga izohlarni ham barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinishi taqozo etiladi. Boshqa hollarda ishtirokchilardan muayyan qismining izohga nisbatan bildirgan e’tirozlari izoh bergan davlatning shartnomada ishtirok etishiga monelik qilmaydi. Bir yil davomida izohga nisbatan e’tiroz bildirilmasa, uni ishtirokchi qabul qilgan hisoblanadi. Xalqaro tashkilotning ta’sis hujjatiga bildiradigan izohni tegishli davlatning qabul qilishi joizdir.

Izohning yuridik oqibatlari shartnomaga uni tuzgan tomonlar va qabul qilgan tomonlar o’rtasidagi munosabatlarga daxldor o’zgartirishlar kiritishdan iboratdir. Agar ayrim tomonlar izoh beruvchi davlat bilan o’zaro munosabatlariga daxldor izohlarga e’tiroz bildirsa, u holda bunday qoida qabul qilinmaydi. Izoh boshqa ishtirokchilar o’rtasidagi munosabatlarning o’zgarishiga olib kelmaydi.

Izohdan tashqari, davlatlar xalqaro shartnomaga bayonot ham berishi mumkinki, bu bilan tegishli davlat shartnomadagi u yoki bu qoidaga o’z nuqtai nazarini bildiradi. Shu bois, aksariyat hollarda ular talqin qiluvchi bayonotlar deb ham ataladi. Izohlardan farqli o’laroq, bayonotlar xalqaro shartnoma mazmunini o’zgartirmaydi va unga boshqa ishtirokchilar roziligi talab etilmaydi. U faqat xalqaro shartnomani tayyorlagan davlatgagina majburiyat yuklaydi.

Xalqaro shartnomalarga qo’shilish boshqa davlatlar o’rtasida tuzilgan shartnomaning majburiyligiga rozilik to’g’risidagi akt sanaladi. Qo’shilish imkoniyati shartnomada ko’zda tutiladi yoki uning ishtirokchilari o’rtasida kelishib olinadi. Qoidaga ko’ra, qo’shilishni ham ratifikatsiya qilish yoki tasdiqlash bilan shug’ullanadigan organlar tomonidan amalga oshiradi.

Vena konventsiyasi og’zaki shartnomalarning yuridik kuchini inkor etmasada, lekin faqat yozma shartnomalarga taalluqli hisoblanadi. «O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida»gi qonun ham xuddi shu maqsadga qaratilgandir.

Xalqaro shartnomaning alohida shakli — ayni mazmundagi notalar almashish yo’li bilan o’zaro kelishuvdir.

 Surxondaryo viloyat sudi sudyasi

I.Abrayev

Related Articles

Back to top button