TABIAT BU BIZNING UMUMIY BOYLIGIMIZ

Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish, havoni toza saqlash, yashil hududlarni kengaytirish bularning barchasi insoniyat kelajagini ta’minlaydigan asosiy omillardir.
Ekologik qonunchilik jamiyat kafolati. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida so‘nggi yillarda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid bir qator qonunpar va meyoriy hujjatlar qabul kilindi.
-atrof-muhitni muhofaza qilish,
-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,
-chiqindilarni qayta ishlash,
-aholining ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ammo shuni unutmaslik lozimki, qonun faqat qog‘ozda qopsa, uning hech qanday kuchi bo‘lmaydi. Qonun ustuvorligi va jazolarning muqarrarligini ta’minlash —
sudlarning eng muhim vazifasidir.
Sud amaliyotida ko‘plab quyidagi misollar uchraydi:
-chiqindilarni tartibsiz tashlash,
-daraxtlarni noqonuniy kesish,
-suv va yer resurslaridan samarasiz foydalanish,
-ishlab chiqarish korxonalarining atrof-muhitga zarar yetkazuvchi faoliyati.
Bunday xatti-harakatlar uchun qonunchilikda aniq ma’muriy javobgarlik belgilangan. Agar ular katta miqdorda zarar keltirsa, jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi va tegishli shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Shu orqali jamiyatda eng muhim tamoyil jazolarning muqarrarpigi ta’minlanadi.
Sudlarning vazifasi faqat jazolash emas.
Sudlar faqat jazolash bilan cheklanib qolmaydi. Asosiy maqsad-
huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika choralarini kuchaytirish va aholining huquqiy ongi hamda ekologik madaniyatini oshirishdir.
Ochiq sud majlislari, jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan muhokamapar, turli targibot tadbirlari bularning barchasi profilaktik ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir fuqaro qonuniy oqibatlarni chuqur anglaganida, huquqbuzarlikning oldi olinadi
Tabiat bu bizning umumiy boyligimiz, kelajak avlodga qopdiriladigan bebaho merosimizdir. Uni asrash hammamizning burchimiz.
Xulosa qilib aytganda, ekologiya umumxalq masalasi. Uni faqat davlat idoralari yoki sudlar emas, balki butun jamiyat, har bir fuqaro o‘z mas’uliyatini his etgan holda amalga oshirishi lozim.
Жиноят ишлари буйича
Шўрчи туман судининг раиси
Т.Абдираимов




