Bu qiziq

Huquqbuzarlik va javobgarlik tushunchasi

Huquqbuzarlik va javobgarlik tushunchasi. Huquqbuzarlik deganda, jamiyat uchun xavfli bo‘lgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) tushuniladi. Bunday qilmish qonun bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish xavfini tug’dirishi mumkin. Huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ijtimoiy xavflilik; huquqqa zidlik; ayblilik; jazolanish. Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzarlik jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etadi. Huquqbuzarlikning zararligi yoki xavfliligi shundan iboratki, u jamiyat hayotining maromiga salbiy ta ‘sir etadi.

Huquqqa zidlik — huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi. Bu o’rinda gap qilmish oqibatida qonunning, muayyan huquqiy normaning buzilishi to’g’risida bormoqda. Boshqacha aytganda, huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo’yilgan taqiqni buzadi. Agar bunday taqiq bo‘lmasa, huquqbuzarlik ham bo’lmaydi. Qonun kengaytirilgan holda yoki analogiya bo’yicha talqin etilishi mumkin emas.  Ayblilik — huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo’lgan shaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etadi.

Ayb — shaxsning o’zi sodir etgan huquqqa xilof harakatiga va uning zararli oqibatlariga ruhiy munosabati. Qariyb har doim inson oldida huquqqa mos yoki huquqqa zid tarzda harakat qilishni tanlash imkoni bo’ladi. Agar u ikkinchi yo’lni tanlasa, huquqqa xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi. Balog’at yoshiga yetmaganlar yoki aqli noraso deb topilgan shaxslar sodir etgan qilmish (huquqqa zid bo’lsa ham) huquqbuzarlik bo’lmaydi. Baxtsiz hodisa, tasodif natijasida, biron kimsaga aybsiz zarar yetkazish hodisasi ham huquqbuzarlik emas.

Huquqbuzarlikning to’rtinchi belgisi — jazolanish. Bu ma’lum huquqbuzarlik uchun uni sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishini bildiradi. Bu javobgarlik huquqiy normaning sanksiyasida ifodalanadi. Ba’zi hollarda shaxs qonunga binoan javobgarlikdan ozod etilishi ham mumkin. Lekin buni ham vakolatli davlat organi amalga oshiradi.  Huquqbuzarliklar qonunchilikning qaysi sohasiga tegishliligiga qarab, bir qancha turlarga bo’linadi. Huquqbuzarlikning quyidagi turlarini keltirish mumkin:  — fuqarolik-huquqiy (majburiyatni bajarmaslik, moddiy zarar yetkazish);  — ma’muriy (mayda bezorilik, yo’llarda harakatlanish qoidalarini buzish va hk.); intizomiy (ishga kelmaslik, kech qolish);  — jinoiy, ya’ni jinoyatlar (odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, militsiya xodimiga qarshilik ko‘rsatish va boshqalar).

Huquqbuzarlikning turiga qarab davlat majburlov choralari ham o‘zgarib turadi. Ularning eng og’irlari jinoyat sodir etilganda qollaniladi. Yuridik javobgarlik, ijtimoiy javobgarlikning boshqa shakllaridan farqli ravishda, doimo huquq normalariga asoslanadi va davlat majburlov normalari bilan bog‘liq bo’ladi.

Yuridik javobgarlik — huquqbuzarning huquq normalariga asoslangan va huquqbuzarlik faktidan kelib chiqadigan qilmishi uchun javob berish va davlat majburlov choralari shaklidagi noxush oqibatlariga chidash majburiyati hamda shunday oqibatlarga haqiqatan duchor bolishidir.  Yuridik javobgarlik belgilari quyidagilardan iborat:  — davlat majburlov choralari bilan uzviy aloqadorlik;  — faktik asos — huquqbuzarlik;  — yuridik asos — yuridik javobgarlikning huquqiy tartibga solinganligi;  — davlat qoralovi bilan bog’liqlik;  — huquqbuzar huquqlarmi cheklash bilan bog‘liq salbiy oqibatlar;  — huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jazo qo’llash; huquqiyprinsiplarga asoslanganlik (qonuniylik, individuallashtirish, tabaqalashganlik va boshqalar).

Yuridik javobgarlikning asosi huquqbuzarlik, ya’ni huquq normalarini buzuvchi muayyan harakat yoki harakatsizlikdir. Taʼkidlab oʼtish joizki, Oʼzbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklari toʼliq oʼz aksini topgan desak,  mubolagʼa boʼlmaydi. Xususan, Konstitutsiyaning II bo‘limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanadi. Ushbu boʼlim 7 bobdan iborat boʼlib, unda Umumiy qoidalar; Fuqarolik; Shaxsiy huquq va erkinliklar; Siyosiy huquqlar; Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari va Fuqarolarning burchlari belgilab berilgan. Inson huquqlariga oid BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160 dan ziyod, YuNESKO tomonidan 70 dan ortiq, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilingan. Maʼlumki, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiya bilan 1948-yil  10-dekabrda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilingan.

Aytish joizki, dunyodagi koʼpchilik rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyalaridagi inson huquq va erkinliklarini kafolatlash aynan BMTning “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” rezolyutsiyasiga mos ravishda qabul qilingan. Maʼlumki, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” Muqaddimasida “Insoniyat oilasining hamma aʼzolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini eʼtiborga olib inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etish insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etilishiga olib kelganini, kishilar soʼz erkinligi va eʼtiqod erkinligiga ega boʼladigan hamda qoʼrquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning ezgu intilishidir deb eʼlon qilingan.

Eʼtiborlisi, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi normalar “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan bir xilligini koʼrish mumkin. Xususan, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 3-moddasi. “Har bir inson yashash, erkin boʼlish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir” deb belgilangan. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 24-moddasida ham “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʼir jinoyatdir”deb belgilangan.

Shuningdek, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 5-moddasi: “Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xoʼrlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak” deb belgilangan. Eʼtiboli jihatlardan biri esa aynan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining ikkinchi qismini oʼqiymiz. “Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʼravonlikka shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas” degan normani koʼrishimiz mumkin. Bundan tashqari, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning  9-moddasi, “Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvgʼin qilinishi mumkin emasligi koʼrsatib oʼtilgan. Aynan ushbu qoida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining  25-moddasida oʼz aksini topganligini koʼrishimiz mumkin. Unda “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas”deb belgilangan. Yuqoridagilardan koʼrinib turibdiki mamlakatimiz Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning asosiy gʼoyalari va qoidalarini oʼzida toʼliq aks ettirgan. Xulosa oʼrnida aytganda, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining  II bobi, 13-moddasida “Oʼzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga koʼra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi va fuqarolarning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi, Oʼzbekiston demokratik davlat deganimizda, chinakam maʼnoda koʼz oldimizda bunda inson huquq va erkinliklarining toʼla kafolatlanganligining guvohi boʼlamiz.

Сурхондарё вилоят маъмурий судининг судья катта ёрдамчиси 

Ш.Бобомуродов

Related Articles

Back to top button