Qonunchilikdagi yangiliklar

Endilikda haydovchilar transport vositasini mast holda boshqarsa yoki mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlasa ma’muriy emas jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Joriy yilning 21-fevral kunidan qonuniy kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1033-sonli Qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi 2611 va 2612-moddalar bilan to‘ldirildi.
2611-moddasiga ko‘ra, haydovchilarning transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boshqarishi, shunday qilmish yoxud mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa;
— transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi, shunday qilmish yoxud transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boshqarganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
2612-moddasiga ko‘ra, transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Shuningdek, mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi, ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi kodeksi va jinoyat-protsessual kodekslariga transport vositalarini boshqarish va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalariga oid bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun chiqaruvchi mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarni:
— keyingi yillarda mamlakatimizda ayrim haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etmaslik natijasida yo‘l-transport hodisalari soni ortib borayotganligi;
— transport vositasini mastlik holatida boshqarish tufayli haydovchi o‘zining harakatini anglay olmasligi natijasida og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotganligi;
— ayrim haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarash, transportni boshqarish madaniyatiga amal qilmaslik, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlik, transport vositasini keskin boshqarish hamda boshqa harakatlarda ifodalanadigan «agressiv boshqarish» holatlari ko‘payib borayotganligi kabi holatlar bilan asoslagan.
Darhaqiqat hayot insonga bir marotaba beriladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalari qurbonlarining soni ortib borayotganligi esa ayni xaqiqat.
Qonunchilikka kiritilgan ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashga munosib xizmat qilishini kutib qolamiz.
Surxondaryo viloyat sudining
sud statistikasini tizimli tahlil
qilish bo‘limi bosh konsultanti
M.M.Mamatqoriyev




