Kasbim-faxrim

SUYULTIRILGAN GAZ TA’MINOTIGA HAM ZAMONAVIY TIZIM JORIY ETILMOQDA

Hukumatning mazkur yo‘nalishdagi tegishli topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash hamda ishlab chiqaruvchi korxonalardan iste’molchilarga suyultirilgan gazni yetkazib berish va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida, “Hududgazta’minot” AJ tomonidan ID-kartalar tarqatish va maishiy gaz ballonlarga maxsus yorliqlarni o‘rnatish bo‘yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, viloyatimizda ham ushbu ishlar davom etmoqda.

Suyultirilgan gazni iste’molchi tomonidan qabul qilish va to‘lovni amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflikni yaratish uchun, joriy yilda viloyatimizdagi 449 628 ta iste’molchi maxsus ID-kartalar bilan ta’minlanadi hamda ular tomonidan foydalanib kelinayotgan maishiy gaz ballonlarga maxsus yorliqlar yopishtirilib, hisob-kitob tizimi to‘liq avtomatlashtiriladi. Ya’ni, bugungi kunda joylarda aholiga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz ballonlarini hisob-kitobini yuritish uchun har bir iste’molchilarni individual elektron ID-kartalar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Ushbu usul bilan kelgusida yetkazib berilgan gazning hisobi avtomatlashtirilgan tartibda nazorat qilinadi.

Bu tartibning yana bir afzalligi hududlardagi haqiqiy mavjud iste’molchilar haqida ma’lumotning shakllantirilganligi va yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz hajmining aniq hisobi olib boriladi.

Shuningdek, kelgusidagi ehtiyoj rejasini shakllantirishda ham yaxshi imkoniyatdir. Iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishga oid amaliyot bo‘yicha ma’lumotlar “E-gaz” dasturiga kiritib boriladi. Bu tartib bilan kimlarningdir belgilangan me’yordan ortiqcha gaz olishi yoki kimdir ololmay qolishi kabi holatlariga barham beriladi.

Ma’lumot o‘rnida, shu kunga qadar 471935 ta iste’molchilarga ID kartalar tarqatilgan bo‘lsa, 558 ming donadan ortiq maishiy gaz ballonlarga stikerlar o‘rnatilishi ta’minlandi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button