Bu qiziq

Harbiy jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning kriminologik tavsifi

        Harbiy xizmatchilarning jamiyat manfaatlariga qarshi qaratilgan xatti- harakatlarining markaziy bo‘g‘inida o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarga ega jinoyatchining shaxsi turadi. Jinoyatchi shaxsini kriminologiya nuqtai nazari¬dan tavsiflash, uni baholash bilan bog‘liq bo‘lmagan holda aytish mumkinki, harbiy xizmatga chaqirilganlar safida, biz avvalgi paragrafda aytib o‘tgani- mizdek, o‘ziga xos salbiy axloqiy-ruhiy xususiyatlarga ega shaxslar ham uchrashi mumkin. Bu kabi xususiyatlar vaziyat taqozosi bilan (har doim bo‘lmasa ham) shaxsning jinoyat sodir etishiga olib keladi.

Kuzatuvlarimizdan ma’lum bo‘ldiki, u yoki bu salbiy qusur va illatlarga ega shaxslar harbiy xizmatni o‘tash faoliyatida o‘ziga xos tanlov asosida huquqbuzarliklarni sodir etishga intiladilar. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, ayrim intizomsiz harbiylarda bir xil bo‘lmagan jinoyatlarning sodir etilishini ko‘rish mumkin.

Ta’kidlash joizki, xizmatga qadar shaxsga xos bo‘lgan salbiy odatlar, qo‘pollik, o‘zini tuta bilmaslik yoki tez o‘zgaruvchanlik kabilar bois, ularda gap qaytarish va atrofdagilarni haqoratlash singari xulq namoyon bo‘lishi mumkin.

Bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, bunday toifadagi shaxslar asosan o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonida ruhiy qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Agarda ularga yuklatilgan vazifalar ko‘pchilik bilan bo‘ladigan munosabatlarga bog‘liq bo‘lmasa, sanab o‘tilgan salbiy odatlar umuman ko‘zga tashlanmasligi mumkin.

Aksincha, agarda bunday shaxslarga xos salbiy odatlarning talab dara¬jasida oldi olinmasa, uning ta’sir doirasi kengayadi va gap qaytarish odatlari ko‘payadi. Shuningdek, zarur darajadagi tarbiyaviy talablar qo‘yilmasa, bu kabi odatlar jinoyatga o‘sib o‘tishi mumkin. Gap qaytarish va buyruqni bajarmaslik odatlariga ega shaxs qo‘pol tarzda intizomsizlikni, huquq- buzarlikni sodir etarkan, bunda hech qanday qiyinchilik sezmaydi. Shu bilan birga, boshqa ruhiy xususiyatlarga ega nojo‘ya qilmishlar ham mavjuddir.

Bunda harbiy xizmatchi oldindan o‘ziga maqsad qo‘yadi, muayyan vaqt tayyorgarlik ko‘radi, o‘ziga xos sharoit yaratishga kuch sarflaydi va qiyin- chiliklarni yengishga harakat qiladi. Bunga misol qilib, mayda tashma- chilikni va shu kabi boshqa nojo‘ya qilmish hamda jinoyatlarni ko‘rsatish mumkin. Bunday nojo‘ya qilmish va jinoyatlarni o‘ziga xos ravishda xo- hishga qarab sodir etiladigan huquqbuzarliklar deyish mumkin. Chunki bunday xatti-harakatlarni asosan tarbiyasiz va ma’naviy saviyasi past shaxslar sodir etishi kuzatiladi.

Jinoyatchilikni shaxsning butunligicha olinganligida amalga oshiriladi- gan qilmishi deb olsak-da, bu umumiylikda shaxsga xos barcha qusurlar birdek amalda bo‘ladi deyish aslo mumkin emas. Shaxsning jamiyat man- faatlari uchun zid xatti-harakatlari quyidagi invidiual-ruhiy xususiyatlarda namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin.

Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning axloqiy-ruhiy jihatdan yetarlicha tayyorlanmaganligi armiyada xizmat qilishni to‘g‘ri tushunmaganlik yoki anglamaslikdan, boshliqlar to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish, aniq harbiy mutaxassislik va og‘ir mehnatga salbiy qarash kabi kamchiliklar orqasida yuzaga keladi. Hatto askarlar safida harbiy xizmatning ahamiyatini to‘g‘ri anglab yetmagan hamda ichki ishonch bilan harbiy faoliyatga oid maqsad va vazifalarini anglamay, bu vazifalarni o‘z vazifasi sifatida qabul qilishni xohlamaydiganlar ham uchrab turadi. Ba’zilar harbiy xizmatni o‘zlarining burchlari sifatida emas, balki majburan xizmat o‘tash deb qabul qiladilar.

To‘g‘ri, bunday tushunchali shaxslar juda ozchilikni tashkil etishini ham hisobga olmoq lozim. Zotan, bunday holatni e’tiborga olmaslik va zarur darajada baholamaslik shaxsiy tarkib ichida intizomga va harbiy tartibni ta’minlashga salbiy ta’sir etishini ham unutmaslik zarur. Ko‘pchilik askar va zobitlarning harbiy xizmatga vijdonan yondashishi zaminida, bunga qarama- qarshi ayrim harbiy mutaxassisliklarni tan olmaslik, o‘z xizmat vazifalarini bajarishda zarur bo‘lgan jismoniy va axloqiy-ruhiy jihatdan tayyorlanmaslik kabi illatlarni ham uchratish mumkin.

Ba’zi armiya yoshidagi yigitlarda o‘zlarini ta’minlash, kiyim-kechak- larini tayyorlash va o‘z tashqi qiyofasining talab darajasida bo‘lishini ta’min¬lashga ham uquvlari yo‘qligi e’tiborga loyiqdir. Chunki bu huquqbuzarlikka olib kelmasa-da, harbiylar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda salbiy holatlarni keltirib chiqarishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Eng salbiy jihati boshliqlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishiga olib keladi.

Mehnatga bo‘yin egmaslik. Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi mehnatga bo‘lgan munosabat va intizomning o‘zaro bog‘liqligi juda ko‘p olimlar nazaridan chetda qolmaganligi kriminologik tadqiqotlardan yaxshi ma’lum. Misol tariqasida esa quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. Alohida olingan bo‘linmada birinchi yili xizmat qilayotgan askarlarning armiyagacha bo‘lgan mehnat faoliyati va xizmatda o‘zini tutishi tadqiq etilgan bo‘lib, bunda intizomsiz askarlarning ko‘pchiligi harbiy xizmatgacha bo‘lgan davrlarida o‘qish va ayniqsa mehnat faoliyatida beqaror bo‘lganlar va bir necha marotaba ish joylarini o‘zgartirganlar va shuningdek tijorat sohasida ham faoliyat ko‘rsatishga ulgurganlar.

Tabiiyki, aynan shu toifadagi askarlarda intizomsizlik holatlari to‘rt barobar ko‘p bo‘lgan. Bu kabi askarlarda xizmat paytida ham mehnatga munosabat beqarorlik tarzida namoyon bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Shun- dan xulosa qilish mumkinki, xizmatgacha mehnatsevarlikka moyil bo‘lgan askarlar xizmat paytida alohida intizomliliklari bilan ajralib turganlar.

Atrofdagilar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda zarur bo‘lgan uquv va mahoratning talab darajasida bo‘lmasligi. Sir emaski, ayrim harbiy xizmatchilarning o‘z tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatlarida o‘ziga xos mensimaslik, o‘zini katta tutish kabi illatlarni ko‘rish mumkin. Tabiiyki, bu kabi illatlar o‘z tabiatining murakkabligi bilan ham ajralib turadi.

Ba’zida bunday holatlarning yuzaga kelishi askarlarning o‘zlarini yetuk va katta yoshdagi shaxs deb ko‘rsatishga intilishlarining oqibatidir. Boshqa hollarda esa, ko‘pchilik askarlarning xizmatgacha shakllangan ijobiy xusu¬siyatlari xizmat davomida ham o‘zgarmasdan qoladi.

Shuningdek, ba’zi harbiy xizmatchilar yo‘lboshchi (lider) bo‘lishga, o‘z- lariga turli nizoli vaziyatlarni hal etish orqali o‘zlarining mavqelarini ko‘tarishga harakat qiladilar. Bunday askarlar ko‘pincha o‘z boshliqlari, ayniqsa serjantlar tarkibi bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda qiyinchi- liklarga uchraydilar. Shu bilan birga, serjantlar tarkibidagi xizmatdoshlaridan o‘zlarining sifat darajalarini yuqori qo‘yadilar.

Bir qator nizoli vaziyatlarda ayrim yoshlar jismoniy kamchiliklari mav¬jud bo‘lgan, zaif tengdoshlaridan o‘zlarini ustun qo‘ygan holda munosabatda bo‘ladilar. Bu esa, tabiiyki, jinoyatchilikni keltirib chiqarishga ta’sir etuvchi holat ekanligini e’tiborga olish lozimligini talab etadi.

Shaxsiy salbiy xislatlar va yomon odatlar. Shaxsga xos bo‘lgan bunday individual-ruhiy xususiyatlar sifatida ichkilikka odatlanganlik, ayollarga hurmatsizlik kabilarni ko‘rsatish mumkin va eng yomoni shu kabi salbiy xislatlarning mavjudligi tufayli ayrim harbiy xizmatchilar qo‘pol nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etishi mumkin.

Shuningdek, shaxsga xos bo‘lgan salbiy xislatlar o‘zini tutishdagi no¬maqbul harakatlarning sodir etilishini bevosita keltirib chiqarmaydi. Shaxs¬ning shakllangan shaxsiy xususiyatlari bilan yonma-yon mavjud salbiy xususiyatlari orasida yana bir qator yangi ruhiy xususiyatlar ham mavjud bo‘lishi mumkin.

Bu kabi salbiy xislat sifatida g‘ayriqonuniy xatti-harakat maqsadining yuzaga kelishini ko‘rsatish mumkin. Bunday maqsadlarning quyida bayon etilganidek shakllanishini ko‘rish mumkin.

O‘quvchiga yaxshi ma’lumki, har bir shaxs o‘ziga xos ehtiyojlari bilan ajralib turadi. Ya’ni, moddiy (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, pardoz ashyolari, harakatlanish vositalari kabilar) va ma’naviy (ijodiy, o‘qish va shu kabi) ehtiyojlar. Har bir ehtiyoj esa o‘ziga xos ravishda biror-bir narsaga muhtojlik sifatida istak, xohish, intilish kabilarni keltirib chiqaradi. Ehtiyoj- ning mavjudligi o‘ziga xos mexanizmni ishga tushiradi va ehtiyojni qondirish uchun zarur buyumlar va sharoitga qiziqish yuzaga keladi.

Surxondaryo viloyat sudining sudya

katta yordamchisi

J.Ubaydullayev

 

Related Articles

Back to top button