Tabiatni asrash kerak!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida har kimning qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, davlat atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 25 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1124-sonli qonuni ham anashunday chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.
Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar orqali atrof-muhit, hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini buzish bilan bog‘liq jinoiy va ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishi bilan bir qatorda ayrim harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik sifatida qonunchilikka kiritildi. Xususan, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan yangi 771-moddasiga ko‘ra, qonunga xilof ravishda o‘rmon fondi yerlarini berganlik yoki ularda bino-inshootlarni qurganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkinligi belgilanmoqda. Shuningdek, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takror sodir etilgan taqdirda jinoyat kodeksining 1981-moddasi bilan javobgarlikka tortish nazarda tutilmoqda. (ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kirishi nazarda tutilgan.)
O‘ylaymizki qonunchilikka kiritilgan ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar atrof tabiiy muhitning asrab avaylanishini ta’minlashda fuqarolarning ma’suliyatini oshirishga munosib xissa qo‘shadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasiga ko‘ra, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar!
Surxondaryo viloyat sudining
sudya katta yordamchisi
M.Mamatqoriyev



