Bu qiziq

Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi

Yuridik adabiyotlarda ma’muriy javobgarlikni qo‘llashning ikki asosi ko‘rsatib o‘tilgan: birinchisi, qonunning huquqiy (normativ) asosi sifatida; ikkinchisi – ma’muriy nojo‘ya hatti-harakatning (huquqbuzarlik) faktik asosi sifatida. Huquqbuzarliklar o‘zining mazmuni, yuridik xususiyatlari va tarkibiga ega bo‘lib, turli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi (2014 yil 15 may) qonunining 3-moddasiga ko‘ra, huquqbuzarlik –sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli g‘ayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Har ikki asos ham O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 1-moddasida ma’muriy javobgarlikning huquqiy (normativ) asosi mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 10-moddasiga binoan esa, ma’muriy huquqbuzarlik deganda, qonun hujjatlariga binoan, ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushunilishi qayd etilgan. (faktik asos) Huquq nazariyasiga ko‘ra, har qanday yuridik javobgarlikning asosini qonunga xilof aybli qilmish (harakat yoki harakatsizlik), ya’ni huquqbuzarlik tashkil etadi. Huquqbuzarliklar o‘zining mazmuni, yuridik xususiyatlari va tarkibiga ega bo‘lib, turli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Huquqbuzarlik ijtimoiy ma’noda fuqarolar, jamiyat huquqlari va qonuniy manfaatlariga xavfni vujudga keltiruvchi xulq-atvor bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va ularning buzilishiga olib keladi.

Huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan xulq-atvor bo‘lib, uning natijasida jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga jismoniy, moddiy yoki ma’naviy zarar yetkaziladi. Huquqbuzarlik o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalarining buzilishida ifodalanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘rt xil alomatni o‘z ichiga oladi:

ijtimoiy havfllik;

g‘ayriqonuniylik;

aybdorlik;

javobgarlilik.

Sodir etilgan har qanday harakat yoki harakatsizlik huquqbuzarlik deb tan olinishi uchun sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik ijtimoiy havfli bo‘lishi shart.

Surxondaryo viloyat sudi sudya katta

yordamchisi J.Primov

 

Related Articles

Back to top button