Bu qiziq

“O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘RQ-884-sonli Qonuni mazmun-mohiyati

Keyingi yillarda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish natijalariga ko‘ra sud ishlarini yuritish jarayoniga yangi institutlar joriy etildi, fuqarolarning huquqlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash maqsadida yarashuv, dastlabki eshituv, shuningdek sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish kabi institutlar takomillashtirildi. Olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda rajasi yangi bosqichga chiqdi. Shu bilan birga bugungi kunda sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining tahlili mazkur institutni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ushbu Qonun sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish mexanizmini yanada takomillashtirishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga hamda ularning buzilgan huquqlari va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.1) 314-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berish ushbu Kodeksning XXIV1-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi»;

2) 315-moddaning birinchi qismidagi «jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining qarori ustidan esa apellyatsiya instansiyasi sudiga» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

3) 317-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «jinoya tishlari bo‘yicha sud sudyasining qarori ustidan — ushbu Kodeksning XXIV1-bobida belgilangan tartibda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudiga»;

4) XXIV1 bob quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3241-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan o‘ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan haxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga, prokuror esa protest keltirishga haqli. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxslar o‘z vajlarini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar taqdim etishga haqli.

Apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusxasi bir sutka ichida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan o‘ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaxsga, jabrlanuvchiga, ularning qonuniy vakillariga, advokatga, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organga yuboriladi. Ko‘rsatilgan shaxslar ish bilan, shu jumladan qo‘shimcha materiallar bilan tanishishga, shuningdek sudga o‘z e’tirozlarini taqdim etishga haqli. 32412-modda. Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini ko‘rishKassatsiya tartibida birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qarorlari, agar ular apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, ko‘rilishi mumkin.32413-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqiMa’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ sud hujjatlari ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati o‘tgach, kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o‘rinbosarlari sud hujjatlari ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, apellyatsiya tartibida protest keltirish muddati o‘tgach, kassatsiya tartibida protest keltirishga haqli.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlarni tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar taqdim etishga haqli. 32423-modda. Taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud qarorlariJinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan qarorlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida ko‘rib chiqiladi.32424-modda. Sud hujjatlari ustidan taftish tartibida shikoyat berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan qarorlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir. 32440-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish huquqiJinoyat ishlari bo‘yicha sud o‘zi chiqargan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu paragrafda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin. 32441-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘radigan sudlarBirinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ushbu qarorni chiqargan jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan qayta ko‘riladi. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining qaysi qarorlari bilan sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha qarorlarni qayta ko‘rish sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instansiyada amalga oshiriladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Sariosiyo tumanlararo sudining sudyasi                                                   Q.Turanov

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button