Madaniyat

Voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish haqida sudning hal qiluv qarori qabul qilindi!

Da’vogar X.X.J sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, unda javobgar K.A.A dan to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirib berishlikni so‘ragan.

Sud majlisida javobgar K.A.A ning ishonchli vakili K.U.N ga da’vo arizani tan olmasligini, o‘g‘li K.A.A va kelini X.X.J larning o‘rtalaridagi bir nafar, ya’ni 2007 yilda tug‘ilgan A.O.A ismli farzandi ularning tarbiyasi va qaramog‘ida ekanligini, buni da’vogar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini ham tasdiqlashini, shuningdek bu haqda mahalla fuqarolar yig‘ining dalolatnomasi mavjudligini bayon etib, da’vo arizani qonuniy ko‘rib chiqishni so‘radi.

Aniqlanishicha, X.X.J va K.A.A 2010 yil qonuniy nikohdan o‘tishgan. Taraflarning turmushlaridan to‘rt nafar farzandlari bor.

Sudining 2024 yildagi ajrimiga ko‘ra, undiruvchi X.X.J ning qarzdor K.A.A ga nisbatan aliment undirish xaqidagi sud buyrug‘i qarzdor K.A.Aning e’tiroznomasiga ko‘ra bekor qilingan.

Taraflar o‘zaro kelishmovchiliklar sababli alohida yashab kelishib, o‘rtalaridagi uch nafar farzandlari da’vogar qaramog‘ida,  biroq A.O.A ismli farzandi otasi K.A.A ning qaramog‘ida tarbiyalanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99-moddasi 1-qismiga ko‘ra agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning xar oydagi ish haqi va (yoki) boshka daromadining bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi, ikki bola uchun — uchdan bir qismi, uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.

Oila kodeksining 136-moddasiga ko‘ra, aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Mazkur shaxs, nizo bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo‘lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko‘rib chiqiladi. Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.

Shunga ko‘ra, sud qayd etilgan holatlarni inobatga olib, javobgar K.A.A dan da’vogar X.X.J ning foydasiga 2024 yildan boshlab 2008 yilda tug‘ilgan A.A.A, 2010 yilda tug‘ilgan A.Z.A va 2020 yilda tug‘ilgan A.O.A ning moddiy ta’minoti uchun ular voyaga yetgunlariga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi mikdorida aliment undirib borish haqida hal qiluv qarori qabul qilindi.

Barchamizga ma’lum, yangi konstitutsiyaga yoshlar, bolalar, ayollar va oilaga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha kiritilgan normalardan biri, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga etguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majbur ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Sariosiyo tumanlararo sudi sudyasi    Q.X.Turanov

Related Articles

Back to top button