Madaniyat

Sergaklik zamon talabi

Sergaklik zamon talabi.

Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabati iniq va qa’tiy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodisiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik-daxriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi” qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yaxudiy, 6 tasi baxoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.

Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qatiy nazar faoliyat borasida bir xil xuquqqa yegadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning yemin-yerkin faoliyat olib borayotgan ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasidir.

Ayniqsa, respublikada mavjud dinlar orasida islomning mavqei nihoyatda katta. Xususan, hozirgi kunda O‘zbekistonda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat fuqarolar mavjud. Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida aloxida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.

Afsuski, komunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez suratdagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat xolatlarda ushbu kurash quroli tus olib, ko‘plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.

So‘ngi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasida olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “xujralar” tashkil qilish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishida tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.

Mutaxasislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suxbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jixod, shahidlik, halifalikni tiklash kabi g‘oyalar sindirib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda.

Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, glaballashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g‘urur, iftixor, tuyg‘usi, yanada chuqurroq shakillantirish, yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunited shakllantirish O‘zbekistondek buyuk Vatanimiz kelajagiga o‘zini mas’ul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning  burchi hisoblanadi.

Related Articles

Back to top button