Kasbim-faxrim

Hujjatlar mehnat jamoalarining faoliyatini tartibga soladi

Bugun Surxondaryo viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida “Tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bunyodjon Nasimov ishtirok etib, «EDO.IJRO.UZ» elektron tizimida ish yuritish misolida taqdimot o‘tkazdi.

Ijro intizomi nazoratini ta’minlovchi elektron hujjat aylanish tizimi hisoblanadi. Tizim, hujjat aylanishi jarayonlarini va topshiriqlar ijrosi nazoratini avtomatlashtiruvchi funksiyalardan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida, hujjat ustida bir nechta xodimlarning ishlashini ta’minlaydi.

Taqdimotda tizim imkoniyatlari, ma’lumotlarni saqlanish tartibi, elektron arxivda hujjatlarni markazlashtirilgan, turkumlashtirgan va tizimlashtirilgan holatda saqlanishi, harajatlarning qisqarishi, qog‘oz hujjatlarni chop etish, tizimning umumiyligi, xujjatni shakllantirish va qayta ishlash xujjatlarni tez imzolanishi (ro‘yxatga olish, tasdiqlash va boshqalar) tartiblariga yagona yondashuv bo‘yicha to‘liq tushuncha berildi.

Ta’kidlandiki, boshqaruv faoliyatida ish yuritish asosiy o‘rinlarni egallaydi. Ish yuritishning asosini hujjatlar tashkil qiladi. Biror korxona yoki tashkilotning faoliyatini hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilish qiyin. Hujjatlar mehnat jamoalarining faoliyatini tartibga solib turadi. Eng muhimi sohaga oid xujjat tayyorlanayotganda imlo xatolaridan xoli, stilistik jihatdan ravon tayyorlanishi shart.

Seminarda «EDO.IJRO.UZ» elektron tizimi orqali sohaga oid tasdiqlangan xat va buyruqlardan namunalar keltirildi. Kiril alifbosidagi so‘zlarning o‘zbek alifbosiga asoslangan lotin yozuvida yozilishiga oid ayrim izohlar ko‘rsatib o‘tildi.

— 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilindi, -dedi agentlik direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bunyodjon Nasimov.

— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Boshqarma mutaxassislari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan, ish jarayonida zarur bo‘lgan imlo qoidalrining ishlatilishi yuzasidan savollariga javob olishdi.

Taqdimot tarzida o‘tkazilgan ushbu seminarda Surxondaryo viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tuman bo‘limi rahbarlari va davlat karantin inspektorlari ham ZOOM elektron platformasi orqali ishtirok etdi. Raxmidin Kadirov, Surxondaryo viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi bosh mutaxassisi

Related Articles

Back to top button