O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘RQ-887-sonli Qonuni mazmun-mohiyati
Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan inson huquqlari va erkinliklarining kafolati sifatida adolatli sud-huquq tizimini shakllantirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda Qonun ustivorligini ta’minlash va qonuniylikni mustaxkamlash borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Sudlovning odilligini ta’minlovchi huquqiy maydon – umuminsoniy qadriyatlar va umume’tirof etilgan huquq andozalariga asoslangan, shaklan va mohiyatan yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Ularning asosiga qonuniylik, demokratizm, odillik, insonparvarlik, jinoiy qilmish uchun javobgarlikning muqarrarligi kabi odilona prinsiplar qo‘yilgan.
Ushbu yaqin kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning ish fa’oliyati samaradorligini oshirish sud va huquq sohasida bo‘lgan odil sudlovni amalga oshirish borasida Qonunchiligimizda o‘zgarishlar va Prezident tomonidan qaror hamda farmonlar qabul qilinganligi haqida qisqacha ma’lumot berib, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-887-sonliQonuning mazmun mohiyatini yig‘ilish qatnashchilarga tushuntirib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-887-sonli Qonuniga muvofiq, sud qarorlarini yuqori instansiyalarda ko‘rilishi quyidagi tartibda belgilandi.Apellyatsiya instansiyasida: Apellyatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin Kassatsiya instansiyasida:Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin, Taftish instansiyasida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida-fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar hal qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftishi tartibida. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish taftish tartibida ko‘rilgan tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar hal qilinadi.
Ushbu Qonun ishlarning sifatli va o‘z vaqtida ko‘rilishiga, sud qarorlarini qayta ko‘rishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga va noroziliklarning oldini olishga, shuningdek ortiqsa sarsongarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi.Mazkur Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksi quyidagi boblar bilan to‘ldirildi:Qonun bilan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.
Yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan ko‘rish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlandi.Shu bilan birga har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklandi.
Bundan tashqari, sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori qabul qilinganidan keyin darhol qonuniy kuchga kiradi.
Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘riladigan shikoyat (protest) ushbu sudlar nomiga yo‘llanadi, lekin sud hujjatini qabul qilgan birinchi instansiya sudiga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘riladigan shikoyat (protest) bevosita Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi.
Oliy sud raisining, Bosh prokurorning Oliy sud Rayosatiga taftish tartibidagi protesti bevosita Oliy sudga beriladi.Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida beriladi. Qonun 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida o‘z tanlagan taraqqiyot yo‘lidan olg‘a siljimoqda. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Darhaqiqat, istiqlol yillarida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash va nufuzini oshirish, uni ilgarigi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan, jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarning muhim vositasi bo‘lgan institutga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda nafaqat qonunchilik sohasida, balki qonunlarni amaliyotda qo‘llash, jazo tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish sohasida ham jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
O‘tgan shu tarixan qisqa vaqt mobaynida amalga oshirilgan ishlarning salmog‘i beqiyos. Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida sud islohotlari alohida o‘rin tutadi. U davlatimizdagi uch zabardast hokimiyatning biri sifatida, fuqarolarimizning huquqlari, erkinliklari daxlsizligi, qonun oldida barchaning barobarligi, mamlakat manfaati va el faravonligi yo‘lida qabul qilinayotgan qonunlar va ijroning Konstitutsiyaga muvofiqligini ta’minlash–bir so‘z bilan aytganda jamiyatda qonun va adolat tamoyillarini barqaror tutish kafolatidir.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Sariosiyo tumanlararo sudining sudyasi U.Xudoyqulov