Madaniyat

Ota farzandini ko‘rib turish uchun sudning hal qiluv qarori qabul qilindi

Da’vogar X.M.M sudga da’vo ariza bilan murojaat etib, unda javobgar Q.R.X ga nisbatan farzandlari X.M.R, X.Y.R va X.Y.R ismli farzandlari bilan ko‘rishib turish tartibini belgilab berishni so‘ragan.

Aniqlanishicha, X.M.M va Q.R.X  2018 yilda qonuniy nikoh asosida oila qurib birga yashab kelishgan, turmushlaridan 2008 yilida tug‘ilgan X.M.R, 2011 yilda tug‘ilgan X.Y.R va 2013 yil yilda tug‘ilgan X.Y.R ismli uch nafar farzandlari bor.

Ish holatiga ko‘ra, X.M.M va Q.R.X oilaviy ziddiyatlar sabab hozirgi kunda alohida yashab kelishmoqda va ularning farzandlari javobgar Q.R.X ning qaramog‘ida tarbiyalanib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga ko‘ra, har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 76-moddasiga ko‘ra, boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Bola bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko‘rishishiga, agar bunday ko‘rishish bolaning jismoniy va ruxiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak

Sud yuqorida qayd etilganlarga ko‘ra, taraflarning uch nafar farzandlarining yoshini, taraflar o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli bir oila bo‘lib yashamasliklarini, ularda onasiga nisbatan hali to‘liq ko‘nikma mavjud emasligini, X.M.M bolalarning onasi sifatida ularning tarbiyasida ishtirok etishi lozimligini inobatga olingan.

Da’vogar X.M.M naning 2008 yilda tug‘ilgan X.M.R 2011 yilda tug‘ilgan X.Y.R va 2013 yilda tug‘ilgan X.M.R ismli voyaga yetmagan farzandlari bilan har oyning birinchi va to‘rtinchi haftasining shanba va yakshanba kunlari soat 13-00 dan soat 18-00 ga qadar Sariosiyo tumani hududida uchrashib turish tartibi belgilandi va javobgar Q.R.X zimmasiga bolalarni onasi Xamrokulova Maxfirat Melikulovna bilan sud belgilagan tartibda va muddatda ko‘rishishiga qarshilik qilmaslik majburiyati yuklandi.

Da’vogar X.M.Mning zimmasiga esa sud belgilagan muddatda va tartibda bolalarni otasi Q.R.Xga qaytarib berish majburiyati yuklatilsin. 

 

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash, bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 29 fevraldagi 917-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) faoliyati tartibga solinadi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati  hisoblanadi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Sariosiyo tumanlararo sudi raisi   M.E.Nomozov

Related Articles

Back to top button