Kasbim-faxrim

Himoyaning asosiy prinsiplari, va himoya pozitsiyasini tuzishrejasi

Himoyaning asosiy prinsiplari bu zarar yetkazmaslik, qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarmaslik, oxirgacha borish, aybsizning aybini tan olmaslik, jabrlanuvchi bilan nizo qilmaslik va kasb etikasi qoidalarini buzmaslik kabilardir.

Himoya pozitsiyasini tanlash jarayonida jabrlanuvchining pozitsiyasini va himoyasidagi shaxsga bo‘lgan munosabatini quyidagicha baholashi mumkin:

  • dushmanlik munosabatlari; qasd olish maqsadi; tajovuzkorlik.
  • moddiy va ma’naviy da’volar mavjudligi.
  • jabrlanuvchining igvo qilishga moyilligi.
  • ayblanuvchini javobgarlikka tortilishidan manfaatdorligi.

Maboda jabrlanuvchining pozitsiyasi va shaxsiyatini o‘rganish natijasida advokat qoniqish hosil qilmagan bo‘lsa, ya’ni uning tajovuzkor kayfiyatda ekanligini mijozga ogohlantirib qo‘yish lozim. Agar jinoiy harakat guruh tomondan sodir etilgan bo‘lsa, qarama-qarshilikni keltirib chiqarmaslikka harakat qilish lozim.

Himoya pozitsiyatsini tuzish rejasi muhim omillardan biri hisoblanadi:

  • Ish materiallarini o‘rganib chiqish; himoyadagi shaxs bilan suhbatlashish; aybiga iqror bo‘lish yoki bo‘lmaslik haqidagi masalani hal etish; ayblov tomon versiyasini tahlil etish; barcha maqbul himoya usullarini tahlillar etish va tavsiya etish; himoya usuliga qarshi bo‘lgan mavjud dalillarni tahlil etish;
  • Himoyadagi kamchiliklarini to‘ldirish; ayblov dalillarini rad etish; himoya dalillarini mustahkamlash;
  • Voqyea-hodisalar ketma-ketligini idrok etish va ularga yuridik va haqiqiy jihatdan izoh berish (ayblovga qarshi himoya versiyasini qayta tuzish).

Himoya pozitsiyasini qisqa talqin etilishi ijobiy natija berishi mumkin kerakli talqinni tanlash vaqtida faqat juda muhim, zarur va asosiy narsalarga e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘lur edi.

Koalitsiyaviy hamda kolliziyaviy himoyaAmaldagi prosessual qonunchilik sudlanuvchi, ayblanuvchi, gumon qilinuvchining bir necha advokatga ega bo‘lish huquqini beradi. Lozim hollarda ba’zi bir shaxslarning huquqlarini ikki yoki undan ortiq advokat himoya qilishi mumkin. Shuningdek, guruh tomonidan sodir qilingan ishlarni sud protsessida yoki tergov jarayonida bir necha ayblanuvchining advokatlari o‘zaro hamkorlik qilishi to‘g‘ri keladi. Ana shunday vaziyatlarda koalitsiyaviy himoya huquqiy usulidan foydalanish yaxshi natijalar beradi.

“Koalitsiya” – (coalitus, lotincha birlashgan) so‘zi umumiy maqsadlarga erishish uchun ixtiyoriy birlashish, uyushish degan lug‘aviy ma’noni anglatadi. Bunda mijoz, uning vakillari, boshqa advokatlar, jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi sudlanuvchilarning himoyachilari o‘zaro hamkorlikda ish olib boriladi. Jinoyat ishida advokatlar koalitsiyaviy himoya usulidan qachon foydalanadilar, ularning maqsadlari, bir xil bo‘lgani uchun ham hamkorlik usulidan foydalaniladi. Masalan, ba’zida shaxs moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, bir necha advokatni yollaydi, yoki ishning murakkabligi, jinoyat ishi materiallari bir necha tomdan iborat bo‘lsa, bir necha advokat xizmatidan foydalanish mumkin. Ba’zi paytlarda advokatning o‘zi himoya ostidagi mijozining roziligi bilan amaliyotda taniqli advokatlar xizmatidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shunday hollarda, ya’ni koalitsiyaviy himoya usulidan foydalanish vaqtida advokatlar o‘zlariga bosh advokat etib, advokatlardan birini belgilab oladilar. Ushbu jarayonda albatta bosh advokat tanlashda, advokatning kasbiy va shaxsiy sifatlari e’tiborga olinadi. Tayinlangan bosh advokatga mas’uliyatli, ya’ni himoyaning asosiy yo‘nalishini ishlab chiqish, umumiy reja tuzib, qolgan advokatlarning har biriga qobiliyatiga, hayotiy tajribasiga va imkoniyatiga qarab, alohida topshiriqlar beriladi. Masalan, bir advokat qonunchilikni, ikkinchisi sud amaliyotini tahlil qilish, yana biri shikoyat va arizalarni yaxshi yozadi, boshqasi notiqlik san’ati bo‘yicha qobiliyatliroq deb ishni taqsimlab beradi. Ko‘p epizodli ishlar bo‘yicha bosh advokat boshqa advokatlarga ayrim epizodlarni, yoki bir xil turkumdagi moddalar bilan malakalangan ishning bir qismi bo‘yicha himoya qilishni topshirishi mumkin bo‘ladi.

Koalitsiyaviy himoya usulidan faqatgina sudlanuvchilarning manfaatlari qarama-qarshi bo‘lmagandagina qo‘llaniladi. Koalitsiyaviy himoyada bosh advokat tayinlanadi, qaysikim, jingoiy guruhning tashkilotchisi, yetakchisi bo‘lganlikda ayblanayotgan shaxsning advokatining saylashadilar. Ba’zi hollarda boshqa ayblanuvchilar advokati ham bosh advokat etib saylanishi mumkin. Masalan, o‘zaro yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar odatda o‘zlarini bitta advokat himoya qilishni xoxlaydilar. Amaliyotda ushbu usulda xizmat ko‘rsatayotgan advokatlar faoliyatida ko‘pgina salbiy holatlar uchrab turibdi. Kollizitsiyaviy himoya usuliga jinoyat ishlari bo‘yicha ishtirok etib kelayotgan har bir advokat duch kelishi mumkin.

Kolliziya”-lotincha “colisio”–to‘qnashuv, silsila so‘zini ya’ni qarama-qarshi kuchlar, manfaatlar, qarashlar, to‘qnashuvchi degan ma’noni anglatadi.Ushbu himoya asosan guruh shaklida sodir qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlanuvchvi, ayblanuvchi, gumon qilinuvchini himoya qilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, jinoiy guruh ishtirokchilaridan biri sudlanuvchi o‘ziga qo‘yilgan ayblovni inkor etib, uni boshqa bir ishtirokchi sodir etganligini e’tirof qilishi, yoki ishtirokchilardan bir ayblovni tan olib, uning ayblovni tan olmagan guruh ishtirokchisi bilan sodir etganligini aytadi. Bunday vaziyatlarda guruh shaklida sodir qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha himoyani amalga oshirayotgan advokatlar o‘rtasida, ular o‘z mijozlarining pozitsiyasini quvvatlashga majburligi sababli kolliziyaviy himoya holati paydo bo‘ladi. Demak, bu holatda har bir advokat o‘z himoya usuli va taktikasini alohida-alohida ishlab chiqishi lozim bo‘ladi. Himoyani amalga oshirish jarayonida mijozlarning manfaatlariga raxna solmagan holda o‘zaro hamjihatlikni ta’minlashga erishish taktikasini qo‘llashlari lozim. Kolliziyaviy himoya ishtirokchisi bo‘lishi advokat mijozlarning manfaatlaridan kelib chiqib, protsess jarayonida prokuror vazifasini bajarmasligi lozim bo‘ladi. Agar shunday pozitsiyada bo‘lsa, boshqa advokatlar ham uning himoyasidagi shaxsga nisbatan shunday xatarli usullarni qo‘llashlari uchun sharoit yaratib bergan bo‘ladi. Kolliziyaviy himoya nafaqat manfaatlari qarama-qarshi bo‘lgan sudlanuvlar va ularning advokatlari, advokat maqomiga ega bo‘lmagan jamoat himoyachisi, qonuniy vakillari bilan ham yuzaga kelishi mumkin.

Сурхондарё вилоят судининг судья катта ёрдамчиси Ф.Мирзақулов

Related Articles

Back to top button