Bu qiziq

UCHARTO‘P OMMA EʼTIBORIDA

Shu kunlarda Ommaviy axborot vositalarida Ucharto‘p haqida maqolalar chiqib bormoqda muallif bilan bog‘langanimizda quyidagilarni nor.uz saytiga ma’lum qildi.

Aytilgan gaplarga qaraganda O‘zbekistonda yangi sportni targ‘ib qilish uchun Intelektual mulk agentligi tamonidan guvohnoma olingan, Sportni rivojlantirish vazirligi tamonidan esa ommaga eʼlon qilishga ruxsat berilgan.

O‘zbekiston Ucharto‘p Federatsiyasini ochish hujjatlari yakunlanish arafasida. Tez orada muallif Adliya Vazirligidan NTT (nodavlat notijorat tashkiloti) bo‘lib o‘zbek sport olamida faoliyatini boshlaydi. Yangi sportning vatani asli qayerda degan savollarga Ucharto‘p muallifi bo‘lgan Marhamat tumanida yashovchi Jamoliddin Bo‘taqulov -«Bu O‘zbek so‘zlaridan tashkil topgan to‘liqligicha milliy o‘yin bo‘lib bir necha yil ilgari ushbu g‘oyani amalga oshirishga kirishgan edi. Bugun Muhammad Yusufdek shoiri bor so‘lim go‘sha Marhamat Tumanida ikkinchi «Muhammad Yusuf» porlab chiqmoqda. Ucharto‘p hafton (sport libosi) va Kaushi (sport poyabzali) bilan milliy brendli hosil qilmoqchi.

Ucharto‘p reja asosida dastlab Andijon viloyatini 4 ta tumanida rivojlantiriladi, keyinroq esa boshqa viloyatlarda ham targ‘ib qilinadi. Jamoliddin Bo‘taqulovga Marhamat tuman hokimligidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i Nodirbek Madiyarov, Sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Shoxruh Mirkamilov va Bahrom Abduqodirovlar vakolati doirasida yordam berib kelishmoqda.

Yangi O‘zbekistonning yangi «Muhammad Yusuf»i muborak!

Jamoliddin Bo‘taqulov

N.Sharipov

Related Articles

Back to top button