Маданият

«Uyushgan jinoyatchilik» tushunchasi va unga qarshi kurashni tashkil etishning huquqiy asoslari

Uyushgan jinoyatchilikning kriminologiya fanida ilmiy-nazariy jihatdan oʻrganilishiga bgan qiziqish asosan oʻtgan XX asrning 70-80-yillariga toʻg’ri keladi. Chunki aynan shu davrlarda uyushgan jinoyatchilikning alomatlarini jinoyat qonunchiligi nuqtai nazaridan dastlabki ilmiy va huquqiy baholashlar yuzaga kelganini koʻrish mumkin.

Uyushgan jinoyatchilikning nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosi- da ijtimoiy-huquqiy, qolaversa, siyosiy nuqtai nazardan koʻrib chiqilishi va baho berilishi uning turli ijtimoiy-tabiiy fanlarning tadqiqot obyektiga kirib borayotganligining oʻziyoq bu muammoning naqadar dolzarbligini koʻrsatadi. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va unga y oʻl  qoʻymaslikning yana birjihati ularning amaliy jihatdan oldini olish chora-tadbirlarini samarali q oʻlashdan ham iboratdir.

Bu borada, barcha davlatlarda b oʻganidek, mamlakatimiz huquq-tartibot va huquqni muhofaza qiiish organlarining amaliy faoliyat koʻrsatishlari katta ahamiyatga ega. Ammo amaliy faoliyat koʻrsatilishi uchun, birinchi nav batda, uyushgan jinoyatchilikning oʻziga xos jihatfarini ilmiy bilish zarur.

Zotan, «amaliyotning koʻzi — nazariya» degan falsafiy qarash bu oʻrinda tadqiqotlarning ilk qadam ekanligini oʻtiborga olishni taqozo etadi. Shu jumladan, uyushgan jinoyatchilikning oldini olishdagi amaliy faoliyat kriminologiya fanining yetuk ilmiy tavsiyalariga tayanmog’i lozim.

Uyushgan jinoyatchilikning jahon miqyosidagi uyushganlik xususiya- tidan kelib chiqqan holda, yana bir bor ta’kidlash joizki, ushbu ijtimoiy illat insoniyat taraqqiyotiga katta xavf tug’dirishini hayot tajribasi yaqqol koʻrsatmoqda. Ya’ni, uyushgan jinoyatchilik ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, qolaversa, madaniy munosabatlar yoʻnalishlarining har birida, shu bilan birga, ushbu yoʻnalishlarda sodir etiladigan jinoyatlarning bir-biri bilan oʻzaroaloqadorligini ham koʻrsatadi.

Shu bois, mamlakatimizda aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va shu maqsadda davlat boshqaruv organlari tizimida maxsus organlar hamda xizmat sohalari tuzishga alohida e`tibor qaratilgan. Jumladan , ichki ishlar  vazirligi va prokuratura organlari tizimida uyushgan jinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashda faoliyat koʻrsatuvchi bo`imva bo`inmalartashkil etilgan. Bu

organlarga nafaqat jamoat tartibini ta’minlashda, balki jamiyat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilish borasida ham zarur vakolatlar berilgan.

Eng muhimi, uyushganjinoyatchilikka qarshi kurashda jahon ham-jamiyati bilan hamkorlik qilish va, aytib oʻtilganidek, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va unga yo` qoʻymaslikni ta’minlash davlat siyosatida alohida oʻrin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish joizki, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etish va ayniqsa ularning oldini olish, bartaraf etish hamda yo` qoʻymaslik uchun ushbu illatni bilishda kriminologiya fanida ishlab chiqilgan zarur ilmiy tavsiyalarni bilish maqsadga muvofiqdir.

Uyushgan jinoyatchilikning yuzaga kelishi va sodir etilishidagi oʻziga xos muammolar yuzasidan turli soha olimlari hamda mutaxassislarining fikrlari har xil bo`sa-da, maqsadi yagona, ya’ni ushbu ijtimoiy unsurga atroflicha va aniq ta’rif berishdan iboratdir. Shu bois, qariyb ellik yildan beri kriminologiya, sotsiologiya fanlarining mutaxassislari, qonun ijodkorlari, sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi, huquq-tartibotni amalga oshiruvchi organlarning xodimlari uyushgan jinoyatchilik muammolariga alohida e’tiborqaratmoqda.

Zotan, uyushganjinoyatchilikjamiyathayotiningturliyoʻnalishlaridayuzaga kelayotganligini koʻrish mumkin. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga oʻtish munosabati bilan yuzaga kelgan ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida, davlatlar oʻrtasida yangidan shakllanayotgan iqtisodiy va siyosiy aloqalar hamda ushbu sanab oʻtilganlar bilan bog’liq jinoiy faoliyatlarning yuzaga kelayotganligi jamoatchilik e’tiborini oʻziga tortmoqda. Bu esa uyushgan jinoyatchilik va uning oʻziga xos jihatlarini olimlarning ilmiy-nazariy jihatdan koʻrib chiqishini talab etadi.

Toʻg’ri, uyushgan jinoyatchilik va umuman guruh bo`ib jinoyat sodir etish fan uchun yangilik emas. Ushbu ijtimoiy illat yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan va borilmoqda. Aynan shu tadqiqotlar asosida oʻtgan asrning 80- yillarida olimlar qilgan ilmiy bashoratlar oʻz isbotini topmoqda.

Ya’ni, uyushgan jinoiy guruhlarning tijorat va biznes sohasida qaror topishi oqibatida aholining koʻpchilik qismi oʻzi anglamagan holda uyushgan jinoiy guruhlar xizmatidan foydalanishlarini jahon miqyosida ham koʻrish mumkin. Shuningdek, olimlarning fikriga koʻra, uyushgan jinoiy guruhlar faoliyati va ularning oʻziga xos shakllanishlarini kriminologiya nuqtai nazaridan oʻrganish bu turkum jinoyatlarning oldini olish va ularga yo` qoʻymashkda katta ahamiyatga egadir.

Toʻkidlash joizki, hozirgi kunda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Vengriya, Polsha kabi bir qator davlatlarning qonunchiligida aynan uyushgan guruhlar xususida alohida normalar qayd etilmagan bo`sa- da, aynan, turli jinoiy banda, terrohstik tashkilot yoki assotsiatsiyalarda va giyohvandlik vositalarini g’ayriqonuniy ravishda oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan biznes guruhlari tarkibida ishtirok etish, ya’ni ishtirokchilikqilishga nisbatan qafiy normalar belgilangan.

Bu kabi normalar sifatida 1983-yilda qabul qilingan Fransiya Jinoyat kodeksidagi 265-268,385,400-moddalarni, sog’liqni saqlash, terrorizm va davlat xavfsizligi hamda jinoiy faoliyatlarga qarshi kurash toʻgYisidagi qonunlar; 1986-yil 19-dekabrda qabul qilingan terrorizmga qarshi kurash toʻg’risidagi qonun asosida amalda bo`gan Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-§, 130-§a 2,305-§a 3 (Jinoyat kodeksining avval amalda bo`gan 129-§a va uning dispozitsiyasiga kiritilgan oʻzgarishlar bilan bir qatorda), shuningdek 1989-yil 9-iyundagi Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartirishlar kiritish toʻg’risidagi qonunlarni koʻrsatish mumkin.

Germaniyaning Jinoyat kodeksiga koʻra, aybni og’irlashtiradigan holatlarda odam o`dirish, oddiy holatlarda odam o`dirish yoki genotsid jinoyatlari; shaxsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar (tamagirlik maqsadida odamlarni oʻg’irlash, garovga olish kabilar); ishlab chiqarish bilan bog’liq muhim vositalarni ishdan chiqarish: yoqib yuborish, og’iroqibatlarga olib kelgan yong’inni yuzaga keltirish, yadroyoki oddiy portlash vositalarining port- lashini amalga oshirish, suv toshqinini yuzaga keltirish va shu orqali odamlar hayotiga xavf solish, odamlar hayoti va mulkini xavfga qoʻygan holda turli (quruqlikdagi, suvdagi, havodagi) transport vositalarining halokatini yuzaga kellirish; fizik qonuniyatlar asosida ishlovchi (shu jumladan, ion qonu- niyatlari asosida ishlovchi) qurilmalarni nooʻrin qo`lash; aholi uchun muhim bo`gan xizmat koʻrsatish shaxobchalari, pochta, telegraf, temiryo` transporti xizmati ish faoliyatlarini ishdan chiqarish va xalal behsh; umumiy ahamiyatga ega bo`gan suv havzalarini zaharlash kabilar sodir etilganligi uchun shaxsni javobgarlikka tortish koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, jinoiy faoliyatni sodir etishga chorlash kabi qilmishlar ham jinoyat qonunchiligi boʻyicha jazolanadi va bunda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi yoki jarima undiriladi.

Ishlab chiqarish vositalarining ishdan chiqishiga javobgar tariqasida aynan aybdor shaxs javobgarlikka tortilishi lozim. Politsiyaga yoki bundesvergga taalluqli transport vositalanning qisman yoki butunlay ishdan chiqishiga aybdor shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar. Bu kabi qilmish- larni sodir etgan shaxslarga nisbatan 5 yilgacha muddatga belgilangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo`laniladi.

Amerika Qoʻshma Shtatlarida uyushgan jinoyatchilik oddiy («koʻcha» va «umumjinoiy») jinoyatlardan farqli ravishda, faqatgina talonchilik maqsadida emas. balki bir qator «xizmat koʻrsatish va tovar yetkazib berish»dek jinoiy faoliyatlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

1965-1967-yillar davomida Nyu-York shtatida mahalliy hokimiyatlartashabbusi asosida «Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash muammolari yuzasidan Oyster- Beysk konferensiyasi» nomli maxsus konferensiya oʻtkazilgan va ushbu anjumanda uyushgan jinoyatchilikka quyidagicha ta’nf berish e’tirof etilgan: «Uyushgan jinoyatchilik tavakkalchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi, oʻz faoliyatini korporasiyaga oʻxshash uyushma tariqasida va lekin cheklangan hamda foyda keftiruvchi a’zolik, shu bilan birga, zarur majburlash quroliga ega bo`gan, ya’ni, dahshat solish, qiynash, qotillik va oʻz tomoniga og’dirish kabilar bilan faoliyat koʻrsatuvchi muassasadir».

Surxondaryo viloyat sudi  sudya  katta  yordamchisi  

  1. Mirzaqulov

Related Articles

Back to top button