Бу қизиқ

Haydovchilar diqqatiga!

Vazirlar Maxkamasining 2025-yil 06-may kunidagi 296-sonli Qarori bilan Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi belgilangan bo‘lib, ushbu Qarorning 2-ilovasida jarima ballari hisoblanishi belgilangan moddalar va jarima ballarining miqdori belgilab qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, Ma’muriy-javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning quyidagi moddalari uchun jarima ballari hisoblanishi belgilangan:

-125-moddasi 3-qismi (qayta jihozlangan transport vositasini boshqarish) 0.3 ball va 5-qismi (davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib harakatlanish) 1 ball;

-126-moddasi 1-qismi (ruhsatnomasiz tusi o‘zgartirilgan oynali transport vositasidan foydalanish) 0.5 ball;

-127-moddasi 1-qismi (transport vositasiga ishlab chiqaruvchi korhona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi yoki yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish) 0.2 ball;

-128/3-moddasi 1-qismi (belgilangan tezlikni 20 km.dan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish) 0.5 ball, 2-qismi (belgilangan tezlikni 20 km.dan ko‘p lekin 40 km.dan ko‘m bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish) 1 ball, 3-qismi (belgilangan tezlikni 40 km.dan ko‘p lekin 60 km.dan ko‘m bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish) 1.5 ball;

-128/4-moddasi 2-qismi (qizil chiroqda harakatlanish) 1 ball;

-128/5-moddasi 1-qismi (maxsus kalonaning o‘tib ketishiga xalaqit berish) 0.5 ball, 2-qismi (avariya holatini yuzaga keltiruvchi harakatlarni sodir qilish yoki yo‘lning qarama-qarshi harakat bo‘lagida harakatlanish)1 ball;

-128/6-moddasi (to‘htash va to‘htab turish qoidalarini buzish) 0.2 ball;

-128/8-moddasi (odam tashish qoidalarini buzish) 0.5 ball;

-128/9-moddasi (quvib o‘tish qoidalarini buzish) 1 ball;

-129-moddasi (haydovchilarning guruh bo‘lib harakatlanishi) 1.5 ball;

-130-moddasi (temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzish) 1 ball;

-137-moddasi (haydovchi yo‘l transport hodlisasi sodir bo‘lgan joydan ketib qolishi) 2 ball.

2025-yil 01-iyun kunidan boshlab amalga tadbiq etiladigan ushbu islohot o‘ylaymizki haydovchilarimizni yo‘llarda yanada xushyor harakatlanishlariga olib keladi va bu orqali yo‘llardagi noxush xolatlarning bir muncha oldi olinadi.

Surxondaryo viloyat sudi sud statistikasini

tizimli tahlil qilish bo‘limi bosh konsultanti

M.M.Mamatqoriyev

Related Articles

Back to top button