Qimorboz qo‘lga tushdi

Qimor o‘ynash azal-azaldan eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Bu o‘yin kishilar orasida adovat qo‘zg‘aydi. Uning ne-ne kirdikorlarga qodirligi boisdir nafaqat qonun taqiqlagan, balki shariatimiz ham qattiq qoralaydi.
Buning asl mohiyatini tushunib yetmagan kishi yo‘q, aslida. Ammo tushunib, bilib turib yomonlikka yul ochib beruvchilar topiladi, Angor tumanida yashovchi U.To‘rayev (ism familyalar o‘zgartirilgan) o‘ziga tegishli bo‘lgan yashash xonadonida harom aralashtirishdan orlanmadi, u qimor o‘ynash uchun sharoit yaratib berishni iltimos kilgan mahalladoshlarining 2000 so‘mdan beradigan puliga qiziqdi-yu, jamiyat qonun-qoidalarini nazar-pisand etmadi.
Yomonliklarning umri qisqa. Xayriyatki, bu holatga o‘z vaqtida chek qo‘yildi. Qimorbozlar o‘yin vaqtida ushlanib hodisa joyidan qimor o‘ynash uchun o‘yin kartalari hamda 558.000 so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo tariqasida olingan, sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari, ish bo‘yicha taraflar muzokarasi, jinoyat ishi hujjatlari o‘rganilib, sudlanuvchining aybi isbotlandi va unga 2 yil 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Albatta, bu masalaning bir tomoni ikkinchi tomoni esa yomonlik yo‘liga birinchi qadam bo‘lgan qimorbozlik ortidan, ichkilikbozlik, tortishuv va janjallar, fojeaviy holatlar kelib chiqmasligiga kafolat berish mumkinmi? Aslo! Demak oqibatning oldi o‘z vaktida olindi, yoshlarni bunday xatti-harakatlar oqibatidan ogoh etmoq zarur, no pok yo‘l bilan pul topayotganlar esa oxiri voy bo‘lishini, bir kun kelib qilmishlari fosh etilib, jazo olishlarini aslo unutmasliklari kerak.
Surxondaryo viloyat sudining
sudya katta yordamchisi
B.Charshanbiyev




