SUD-HUQUQ TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR: ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA

Sud (slavyancha so’z bo’lib — «ish» degan ma’noni bildiradi.) — odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanib, muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va boshqa toifadagi ishlarni hal qiladi. Ayrim shaxslar o’rtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati, jamoat birlashmalari o’rtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni ko’rib chiqadi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini yoki yuridik shaxs hisoblangan har qanday turdagi korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi.
Sud tizimi hozirgi O’zbekiston hududida davlatchilikka xos ko’p asrlik tarixga ega. Sud faoliyatini qadimdan xalq madaniyati, an’analari va ma’naviy negiziga asoslanib, obro’-e’tiborli, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan kishilar amalga oshirishgan. Ular chiqargan qarorlar har qanday shubhadan xoli va barcha uchun majburiy hisoblangan. O’zbekistonda qariyb o’n uch asr davomida shariat qonunlariga amal qilgan qozilik sudi hamda xalq urf-odatlari va an’analariga suyanib qaror qabul qilgan biylar sudi mavjud bo’lgan.
Sud tizimi hozirgi O’zbekiston hududida davlatchilikka xos ko’p asrlik tarixga ega. Sud faoliyatini qadimdan xalq madaniyati, an’analari va ma’naviy negiziga asoslanib, obro’-e’tiborli, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan kishilar amalga oshirishgan. Ular chiqargan qarorlar har qanday shubhadan xoli va barcha uchun majburiy hisoblangan. O’zbekistonda qariyb o’n uch asr davomida shariat qonunlariga amal qilgan qozilik sudi hamda xalq urf-odatlari va an’analariga suyanib qaror qabul qilgan biylar sudi mavjud bo’lgan.
Sud-huquq tizimi har bir davlatning asosiy poydevorlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, adolatni ta’minlash hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash ushbu tizimning bosh vazifasidir. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda sud-huquq sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar nafaqat tizimning samaradorligini oshirish, balki fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga ham qaratilgan.
Sudlarning mustaqilligi adolatli sudlovning bosh mezonidir. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini boshqa hokimiyat tarmoqlaridan mustaqil bo‘lishini ta’minlash maqsadida qator tashabbuslar amalga oshirildi:
Sudyalar odil sudlovni amalga oshirishda mustaqil bo‘lishi va faqat qonunga bo‘ysunishi ta’minlandi.
Sudyalarni tayinlash, lavozimdan ozod etish va ularning mas’uliyatini baholash bo‘yicha yangi, shaffof mexanizmlar joriy etildi.
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali sud tizimining shaffofligi va tezkorligini oshirishga katta e’tibor qaratildi:Elektron sudlov tizimlari (e-sud) ishga tushirildi, bu esa sud jarayonlarida ishtirokchilar uchun qulaylik yaratdi.Onlayn murojaat qilish va sud jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlari kengaytirildi.
Sud jarayonlariga oid xarajatlarni kamaytirish orqali keng aholi qatlamlari uchun sudga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.
Meditatsiya va arbitraj kabi muqobil nizolarni hal qilish usullari joriy etilib, sudlarning ish yuklamasi kamaytirildi.
Jinoyat va ma’muriy javobgarlik tizimining inson huquqlariga moslashishi maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:Yengil jinoyatlar uchun jazoni soddalashtirish va qamoq jazosidan ko‘ra muqobil choralarni qo‘llash.Jinoyat kodeksining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro me’yorlarga moslashtirilishi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni va javobgarligi kuchaytirildi:Tergov organlari faoliyati ustidan sud nazorati joriy etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida yangi mexanizmlar joriy qilindi.
SURXONDARYO VILOYAT SUDI ARXIV MUDIRI
E.TILOVOV




